Latviya prezidenti: Belarusda «Vagner»ning mavjudligi gibrid urushi xavfini oshiradi
Belarusda «Vagner» XHK yollanma askarlarining mavjudligi gibrid urushi usullaridan foydalanish xavfini oshiradi, masalan, Yevropaga yuborilgan noqonuniy muhojirlar orasiga vagnerchilar ham kiritilishi mumkin, deya ma’lum qildi Latviya prezidenti Edgars Rinkevich Litvaga tashrifi chog‘ida.

Foto: Getty Images
«Yollanma askarlarni kiritish va ulardan ushbu gibrid urushda foydalanishga urinishlar ham bo‘ladi. Bu ssenariylarning barchasini hisobga olish kerak», - dedi Rinkevichs Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
O‘z navbatida, Litva davlati rahbari shunday dedi: «Ushbu guruhlar bizning chegaralarimiz, Latviya va Litva chegaralariga juda yaqin joylashgani qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda».
U Belarusda yollanma askarlar soni ortib borgani sari Vilnyus qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishiga va’da berdi.
Bir kun avval Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas «Vagner» XHKning Belarusda bo‘lishi mintaqadagi xavfsizlik holatini sezilarli darajada o‘zgartirmasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:01
-
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Jahon | 13:59
-
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
-
Olotda propan shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi
O‘zbekiston | 13:33
Mavzuga oid

11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin

21:42 / 18.03.2025