Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sudi Qur’onni yoqib yuborgan Paludanni hibsga olish haqida qaror chiqardi
Avvalroq Turkiya Bosh prokuraturasi unga nisbatan tergov boshlagan edi.
Turkiyaning Anqara shahri jinoyat sudi Daniyaning o‘ta o‘ngchi «Stram Kurs» partiyasi rahbari Rasmus Paludanni hibsga olishga order berdi.
Avvalroq, Turkiya Bosh prokuraturasi 21 yanvar kuni Stokholmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborilgani munosabati bilan Paludanga nisbatan tergov boshlagan edi.
Paludanga «aholining bir qismi tomonidan qabul qilingan diniy qadriyatlarni omma oldida haqorat qilish» ayblovi qo‘yilgan.
Tergov doirasida Bosh prokuratura sudga Paludanni «ko‘rsatma berish uchun» hibsga olish so‘rovi bilan murojaat qilgan. Sud arizani qanoatlantirgan.
Paludan 2018 yildan buyon yuzga yaqin aksilislomiy manifestatsiyalarni uyushtirgan. 2019-2020-yillarda Daniya sudi tomonidan irqchilik, diffamatsiya va avtomobilni xavfli boshqarishda aybdor deb topilib, shartli qamoq jazosiga hukm etilgan. 2023 yil yanvar oyida Shvetsiyadagi Turkiya elchixonasi va Daniyadagi masjid oldida Qur’onni yoqib yuborgan.
Paludan Daniya va Shvetsiya fuqaroligiga ega. Ushbu mamlakatlarning Turkiya sudi qaroriga munosabati hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026