Jahon | 11:59 / 20.07.2023
10977
3 daqiqa o‘qiladi

«Vagner» XHK Ukrainada 22 ming yollanma askarini yo‘qotdi

Ukrainadagi urush paytida «Vagner» XHKdan deyarli har uchinchi yollanma askar halok bo‘ldi, deya xabar berdi ushbu tuzilma qo‘mondonlaridan biri. Ma’lum qilingan yo‘qotishlar Afg‘onistondagi butun SSSR urushi qurbonlari haqidagi rasmiy raqamlardan oshib ketadi.

Foto: Reuters

Ukrainadagi urush paytida Rossiyaning «Vagner» XHK deyarli 22 ming kishini yo‘qotdi - deyarli har uchinchi yollanma askarni. Bunday yo‘qotishlar 2022 yil fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan to 2023 yil may oyida Baxmut egallab olinmaguncha bo‘lgan, dedi XHK qo‘mondonlaridan biri, Marks chaqiriq belgisi bo‘lgan jangchi 19 iyul, chorshanba kuni kechqurun 19 iyul, chorshanba kuni kechqurun XHKga yaqin bo‘lgan «Razgruzka Vagnera» Telegram-kanalida. 

Yollanma askarlar shtabiga qo‘mondonlik qilayotgan Marksning so‘zlariga ko‘ra, urush vaqtida «Vagner» orqali jami 78 ming kishi o‘tgan, ulardan 49 ming nafari - Rossiya koloniyalaridan kelgan mahkumlar, 40 ming kishi yaralangan. 

Kanalda e’lon qilingan «Vagner» XHKning yo‘qotishlari Afg‘onistondagi butun urush davomida halok bo‘lgan sovet harbiylarining rasmiy sonidan (15 051 kishi) 46 foizga va Rossiya armiyasining Birinchi chechen urushidagi yo‘qotishlaridan to‘rt baravar ko‘pdir, deya ta’kidlaydi mustaqil matbuot. 22 ming aholisi bo‘lgan shahar Rossiyaning Bologoye, Omutninsk va Ryajsk kabi yuzlab turli shaharlaridan kattaroq bo‘lar edi. 

XHK qo‘mondoni tomonidan e’lon qilingan yo‘qotishlar Rossiyada rasmiy va yarim rasmiy manbalar tomonidan e’lon qilinganlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Moskva halok bo‘lganlar haqida sukut saqlamoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi oxirgi marta 2022 yil sentabrida halok bo‘lganlarning umumiy soni 5937 kishini tashkil etganini keltirgan. 

O‘sha paytda bunday baholash hatto Ukraina urushini qo‘llab-quvvatlagan Rossiya hamjamiyatida ham tanqid qilingan: gap urushda qatnashayotgan boshqa kuch tuzilmalari va bo‘linmalarini hisobga olmagan holda, faqat Rossiya armiyasining harbiy xizmatchilari haqida ketgani ta’kidlangan. 

Iyul oyida «Meduza» va «Mediazona» nashrlari Ukrainadagi 15 oylik urushda 47 mingga yaqin rossiyalik askar halok bo‘lgani aytilgan tadqiqotni e’lon qilgan edi. Agar bu hisob-kitoblar va vagnerchilar kanalidagi xabar to‘g‘ri bo‘lsa, Ukrainada o‘ldirilgan deyarli har ikkinchi rossiyalik - bu «Vagner» XHK yollanma askari. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid