Unda Pensilvaniya global biznes maslahatçilari kengaşi (Pennsylvania Global Business Advisors) a’zolari, uşbu ştatning iqtisodiy rivojlangan hududlaridan biri - Çester okrugi işbilarmon doiralari, xususan, Lockheed Martin, Fulton Bank, Biotechnology Innovation Organization singari muassasalari, Amerika-Bolgariya tadbirkorlar uyuşmasi, Worldupstart konsalting firmasi, Ğarbiy Çester universiteti va boşqa bir qator taşkilot va korxonalar vakillari qatnaşdi.

Bölib ötgan muzokaralar çoğida mamlakat va Pensilvaniya ştati örtasida tadbirkorlik munosabatlarini rivojlantiriş, eksport salohiyatini oşiriş, biotexnologiyalar va yaşil energiya sohasida AQŞning ilğor tajribasini örganiş va joriy qiliş böyiça hamkorlikni yölga qöyiş va mavjud aloqalarni kengaytiriş masalalari asosiy mavzu böldi.

Çester okrugi işbilarmon doiralari mintaqaning iqtisodiy salohiyati va hamkorlik nuqtalari haqida fikr bildirar ekan, qişloq xöjaligi mahsulotlari va ularni qadoqlaşning ilğor texnologiyalarini Özbekistonda joriy qiliş istiqbolli yönalişlardan biri ekanini aytdi. Çester okrugi iqtisodiy rivojlaniş kengaşi prezidenti Mayk Grigalonis sözlariga köra, uşbu hududda AQŞning 50 foiz qöziqorin mahsulotlarini işlab çiqaruvçi korxonalari joylaşgan bölib, ular Özbekistonda qöziqorin yetiştirişni yölga qöyiş va uni mamlakat va taşqi bozorlarda sotişga qiziqiş bildirmoqda. Töğridan töğri hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Mayk Grigalonis uşbu masalasini birgalikda işlab çiqişni taklif qildi.

AQŞdagi Amerika-Bolgariya tadbirkorlar uyuşmasi prezidenti Eliz Nestorov mamlakat töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş borasida amalga oşirgan işlariga baho berar ekan, Özbekiston tayyor trikotaj mahsulotlari AQŞ çakana savdo brendlari orasida raqobatbardoş böla olişini aytdi. U uyuşma a’zolari va AQŞdagi hamkorlar, şu jumladan, Michael Kors brendi bilan birgalikda Özbekistonda işlab çiqarilgan yengil sanoat mahsulotlarini eksport qiliş masalasini işlab çiqişga tayyor ekanini bildirdi.

Biznes-forum davomida AQŞning Biotechnology Innovation Organization (BIO) taşkiloti vakili Özbekiston va Yevrosiyo mintaqasi istiqbolli bozor ekanini alohida ta’kidladi. Mavjud iqtisodiy imkoniyatlarni hisobga olgan holda taşkilot vakili biotexnologiya sohasidagi sönggi innovatsiya va yangiliklarni Özbekistonga olib kiriş hamda respublikada taşkilot a’zolarining vakolatxonasini oçişni taklif etdi.

Barqaror elektronikani qayta işlaş va yaşil energiya sohasida faoliyat yurituvçi Sycamore International kompaniyasining asosçisi va direktori Stive Figgatt mamlakatning uşbu sohada amalga oşirgan islohotlari va kelajakdagi rejalari alohida e’tiborga loyiq ekanini bildirdi. U Özbekistonga öz texnologiyalarini olib kiriş orqali Markaziy Osiyo bozoriga çiqişga katta qiziqiş bildirayotganini ma’lum qildi.