AQŞ Moliya vazirligi «Moskvaning prezidentlik saylovlariga ta’sir ötkazişga urinişi» sabab RT telekanaliga qarşi sanksiyalar joriy etdi.
Qayd etilişiça, ikkita taşkilot va 10 ta jismoniy şaxs sanksiyalarga uçragan. Çeklovlar Russia Today mediaguruhi va uning beşta şu’basi — «RIA Novosti», RT, «TV-Novosti» Ruptly va «Sputnik»ka qarşi qöllangan.
Şuningdek, RT boş muharriri Margarita Simonyan hamda sakkiz nafar top menejerga qarşi ham çeklovlar joriy etilgan.
Moliya vazirligining ma’lum qilişiça, Russia Today mediaguruhi tuzilmalari xorijiy missiyalar röyxatiga kiritilgan. Davlat departamenti viza çeklovlari joriy etilganini bildirib, AQŞdagi saylovlarga çetdan aralaşuvga oid ma’lumotlarni taqdim etganlarga 10 million dollargaça mukofot puli va’da qildi. Davlat departamentining qöşimça qilişiça, Russia Today media guruhi hamda Qöşma Ştatlardagi şu’ba korxonalari AQŞdagi xodimlari va mulklari haqida hisobot berişi kerak böladi.
Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligining piariga mas’ul va Ukraina haqida feyklar tarqatuvçi «Dialog» loyihasi hamda uning boş direktori Vladimir Tabakka ham sanksiya qöllandi.
«Rossiya hukumati AQŞ saylov jarayonlari va institutlariga işonçni susaytiriş uçun uzoq vaqtdan beri generativ sun’iy intellekt, dipfeyk va dezinformatsiya kabi turli vositalardan foydalanib keladi», — deyiladi Moliya vazirligi bayonotida.
Şu bilan birga, xorijiy agentlar va pul yuviş qonunlarini buzganlik böyiça RT xodimlari Konstantin Kalaşnikov hamda Yelena Afanasevga ayblovlar e’lon qilingan. Idoraning versiyasiga köra, ular ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya manfaatlariga xizmat qiladigan propaganda va yolğon ma’lumotlarni e’lon qilişga qariyb 10 million dollar sarflagan.
Margarita Simonyan Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Ğarbning boşqa davlatlari sanksiyalari ostida qolib kelmoqda. AQŞ esa bunga qadar Simonyanga qarşi sanksiyalar qöllamagan edi.













