Vladimir Putin Russia Today xalqaro mediaguruhi va RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyanni III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlaşga oid qarorni imzoladi.
Hujjat matnida keltirilişiça, mukogot tarğibotçiga «mahalliy jurnalistika rivojiga qöşgan ulkan hissasi hamda ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlaş va ötkazişdagi faol iştiroki uçun» berilgan.
III darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni Simonyan qölga kiritgan oltinçi davlat mukofotiga aylandi. Bundan oldin u «Döstlik» ordeni bilan (ikki marotaba), IV darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni, «Aleksandr Nevskiy» va «Şon-şaraf» ordenlari bilan ham mukofotlangan.
2025 yilda Rossiya hukumati davlat propagandasiga 137,2 milliard rubl yönaltirişni rejalaştirilgan. «Ommaviy axborot vositalari» moddasi böyiça xarajatlar joriy yilga nisbatan 13 foizga yoki 15,9 milliard rublga oşgan. Ta’kidlanişiça, uşbu budjet Rossiyadagi bir qator oblastlarning yillik xarajatidan oşadi.
Sentyabr oyida AQŞ Moliya vazirligi «Moskvaning prezidentlik saylovlariga ta’sir ötkazişga urinişi» sabab RT telekanaliga qarşi sanksiyalar joriy etgandi. Çeklovlar Russia Today mediaguruhi va uning beşta şu’basi — «RIA Novosti», RT, «TV-Novosti» Ruptly va «Sputnik»ka qarşi qöllangan. Şuningdek, RT boş muharriri Margarita Simonyan hamda sakkiz nafar top menejerga qarşi ham çeklovlar joriy etilgan.
Aprel oyida esa Ukraina rossiyalik tarğibotçi Margarita Simonyanni sirtdan genotsidda ayblagandi. Qayd etilişiça, u «Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa va bombali hujumlarni davom ettiriş uçun bir neça bor kampaniya olib borgan».













