Jahon | 08:15 / 22.07.2023
6917
2 daqiqa o‘qiladi

Entoni Blinken: «G‘alla bitimi» hajmini saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan don yetkazib berishni qayta tiklash «juda va juda qiyin» bo‘ladi. 

Foto: RFE / RL

«Biz ittifoqchilar va hamkorlar, Ukraina bilan boshqa variantlarni ko‘rib chiqish uchun ishlayapmiz», dedi u Aspen xavfsizlik forumida. 

«Amerika ovozi» iqtibos keltirgan Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Qora dengizdagi fuqarolik kemalarini yo‘q qilish tahdidi tashuvchilar va sug‘urtalovchilarning ishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda va «g‘alla bitimi»ni amalga oshirish jarayonida erishilgan ta’minot hajmiga boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmaydi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 20 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Urushdan oldin Rossiya va Ukraina dunyodagi eng yirik g‘alla eksportchilaridan biri edi. Shimoliy va Sharqiy Afrikadagi ko‘plab mamlakatlar Rossiya va Ukraina ta’minotiga bog‘liq. 

Ukrainada urush boshlanishi ortidan jahon bozorida oziq-ovqat narxi keskin oshdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda 735 millionga yaqin ochlikdan aziyat chekayotgan odam bor, bu to‘rt yil avvalgiga nisbatan sezilarli o‘sishdir. Bu, jumladan, Ukraina urushi bilan bog‘liq.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid