O‘zbekistonda gaz qazib olish kamaydi, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa oshdi
Joriy yilning birinchi yarmida gaz qazib olish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 4,3 foizga yoki 1,57 mlrd kVt soatga ko‘paygan.

Foto: O‘zbekneftgaz
Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-iyun oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 23,56 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,51 mlrd kub (2022 yilning yanvar-iyun oylarida 26,07 mlrd kub metr bo‘lgan) yoki 9,6 foizga qisqargan.
2023 yilning yanvar-iyun oylaridagi gaz qazib olish ko‘rsatkichlari:
- Yanvar – 4,31 mlrd kub;
- Fevral – 3,85 mlrd kub;
- Mart – 4,16 mlrd kub;
- Aprel – 3,94 mlrd kub;
- May – 3,6 mlrd kub;
- Iyun – 3,7 mlrd kub.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda ham gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,66 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga kamaygandi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gaz qazib olishning qisqarishi va ichki bozorda talab ortib borayotgani sababli xorijga tabiiy gaz sotishni jiddiy qisqartirdi. Xususan, 2020 yilda Rossiyaga eksport butunlay to‘xtatildi va Xitoyga yetkazib berish hajmi kamaydi. Aksincha, Energetika vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston Rossiyadan kuniga 9 mln kub metr gaz eksport qilishni boshlaydi. Yillik hajm taxminan 2,8 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Shuningdek, hisobot davrida ko‘mir qazib chiqarish 7,1 ming tonnaga, gaz kondensati ishlab chiqarish 47 ming tonnaga kamaygan bo‘lsa, neft qazib olish 7,9 ming tonnaga oshgan.
Birinchi yarim yillikda elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga yoki 1,57 mlrd kVt soatga oshgan. Xususan, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 36,5 mrld kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 38 mlrd kVt soatga yetgan.
2023 yilning dastlabki 6 oyida 650,9 ming tonna avtomobil benzini (o‘sish –15,7 foiz), 539,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi (o‘sish – 2 barobar) ishlab chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
-
30 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:30 / 30.05.2025
-
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?
Jamiyat | 22:30 / 30.05.2025
Mavzuga oid

23:17 / 29.05.2025
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:02 / 22.05.2025