O‘rtoqlik o‘yinlari. «Real» «Milan» bilan o‘yinda kambek qildi, «Siti»dan g‘alaba, Holanddan dubl va boshqa natijalar
Yevropa klublari yangi mavsum oldi tayyorgarligi doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Foto: realmadrid.com
AQShda «Real» va «Milan» o‘zaro maydonga tushib, ispanlar kambek qayd etishdi. Italiyaliklar birinchi bo‘limdan keyin ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinda edi, ammo Valverdening dublidan keyin Madrid klubi hisobni tenglashtirdi – 2:2.
84-daqiqaga kelib esa Vinisius katta sahnaga chiqdi. Braziliyalik yakkama-yakka vaziyatdan foydalanib, kambek qayd etdi – 3:2.
«Manchester Siti» esa Yaponiyada mahalliy «Yokogama Marinos»ga qarshi saf tortib, g‘alabaga erishdi – 5:3. Zaxiradan maydonga tushgan Holand dubl qayd etdi.
Shuningdek, «Nyukasl» «Aston Villa» bilan jangovar durang qayd etgan bo‘lsa, «Sevilya» mag‘lubiyatga uchradi. «Tottenhem»ning Tailanddagi o‘yini noqulay ob-havo sababli qoldirildi.
O‘rtoqlik o‘yinlari. 24 iyul
Real Madrid Ispaniya – Milan Italiya 3:2
AQSh, Pasadina. «Rouz Boul»
Gollar: 0:1 – 25 Tomori, 0:2 – 42 Romero, 1:2 – 57 Valverde, 2:2 – 59 Valverde, 3:2 – 84 Vinisius.
Real Madrid – Lunin, Nacho (Alaba, 46), Militao (Ryudiger, 46), Mendi (Fran Garsiya, 46), Valverde, Kamavinga (Modrich, 46), Kroos (Tchuameni, 46), Bellingem (Pas, 64), Vaskes (Karvaxal, 46), Braim Dias (Rodrigo, 46), Xoselu (Vinisius Junior, 46).
Milan – Sportello (Menyan, 70), Kalabriya (Ernandes, 70), Tomori (Tiav, 70), Simic (Ker, 70), Florensi (Salemakers, 70), Krunich (Reynders, 74), Loftus-Chik (Adli, 74), Pulishich (Rafael Leau, 70), Pobega (de Ketelare, 73), Junior Messias (Romero, 32), Kolombo (Jiru, 70).
Yokohama F. Marinos – Manchester Siti – 3:5
Yaponiya, Tokio.
Gollar: 1:0 – Lopes (27), 2:0 – Matsubara (37), 2:1 – Stounz (41), 2:2 – Alvares (43), 2:3 – Holand (52), 2:4 – Rodri (72), 3:4 – Inoue (86), 3:5 – Holand (91).
«Manchester Siti»: Ortega, Uoker (Kanselu, 46), Stounz (Diash, 46), Akandji (Laport, 46), Ake (Lyuis, 46), Fillips (Rodri, 46), Kovachich (Foden, 46), Makati (Bernardu, 46; Perrone, 75), Palmer (Bobb, 46), Grilish (Gomes, 46), Alvares (Holand, 46).
Magdeburg – Sevilya – 3:1
Gollar: 1:0 – Shuler (14), 1:1 – Shuler (19, avtogol), 2:1 – Bell-Bell (40), 3:1 – Atik (44).
Nyukasl – Aston Villa – 3:3
AQSh, Filadelfiya
Gollar: 0:1 – Uotkins (7), 0:2 – Buendia (11), 1:2 – Anderson (28), 2:2 – Isak (45), 2:3 – Buendia (48), 3:3 – Uilson (55).
«Nyukasl»: Dubravka, Tripper (Lassels, 46), Sher (Botman, 46), Dammett (Ritchi, 46), Targett (Barns, 70), Anderson (Bern, 46), Tonali (Mayli, 46), Gimaraes (Joelinton, 46), Almiron (Gordon, 49), Isak (Uilson, 47), Merfi (Mankilo, 47).
Tottenhem – Lester – 0:0. (O‘yin kuchli yomg‘ir sababli qoldirildi)
Tailand, Bangkok
Tottenhem – Vikario, Porro, Devis, Romero, Udodji, Xeyberg, Meddison, Bissuma, Kulusevski, Son Hyon Min, Keyn.
Lester – Xermansen, Rikardu Pereyra, Fas, Doyl, Kastan, Prat, Uinks, Dyuzberi-Xoll, Marsal, Makatir, Iheanacho.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi
Jahon | 17:34
-
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 17:32
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
Mavzuga oid

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki

10:27 / 14.04.2025