24-27 iyul kunlari Özbekiston hududiga issiq havo kirib kelişi bilan, ayrim hududlarda harorat 44 darajagaça kötarilişi ma’lum qilingandi. Yuqori harorat barça tirik jon uçun yaşaşni qiyinlaştiradi. Taşqari tana haroratidan yuqori bölişni boşlasa, tana öz haroratini nazorat qilolmay qoladi. Natijada issiq urişi va yurak bilan boğliq kasalliklar köpayadi. 

Issiq jismoniy soğliq bilan birga ruhiy zaiflikka ham sabab böladi. Odamlar jahldor, stressli va özini kamroq baxtli his qila boşlaydi. Qançalik ğalati bölmasin, Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlarga köra, harorat 27dan kötarilganda kasalxonada bemorlar soni oşib ketgan, Gretsiyada 25dan yuqori harorat kuzatilganda qotillik 30 foizga oşgan. Atrofdagilarga va öziga ziyon qilmaslik uçun issiqdan saqlaniş böyiça ayrim tavsiyalarga rioya qiliş foyda beradi.

Aççiq, issiq ovqatlar va sut

Harorat kötarilganda odatda köp miqdorda suyuqlik içiş tavsiya etiladi. Agar havo dim issiq bölsa, issiq suvni kamroq içgan ma’qul. Tarkibida alkogoli bor mahsulotlarni esa butunlay unutiş foydadan xoli bölmaydi. Uning örniga tarkibida suvi köp meva sabazavotlar: qovun, tarvuz, bodring kabilarni ratsiondan ayirmagan ma’qul. Aççiq va issiq ovqatlar yaxşi terlatişi hisobiga salqinlaşga yordam beradi.

Tibbiyot mutaxassislari yaqin 10 yildan beri kuniga 6-8 stakan yoki 2-3 litr suv içiş kerakligini ta’kidlab kelişadi. Lekin issiqda salqinlikni uşlab turiş uçun yanada köproq suyuqlikka ehtiyoj seziladi. Şunday vaziyatda sut suvdan yaxşiroq bölişi mumkin. Çunki uning tarkibida tuz va şakar bölib, bu ortiqça terlaş orqali yöqotilgan moddalarning örnini bosadi. Biroq unutmang, suvni ham haddan taşqari köp içiş suvdan zaharlanişga olib keladi.

Issiq soatlarda köçaga çiqmaslik

Soat 11:00-15:00 oraliğida köçaga çiqmasdan uy içida qoliş yoki heç bölmaganda soyali joy topişga harakat qiliş kerak. Çunki kunning bu soatlari eng issiq vaqt