2025 yilda Xitoy, Hindiston va Indoneziya dunyoda eng köp guruç iste’mol qilingan mamlakatlar böldi.  

“Mintaqaviy darajada guruç iste’moli böyiça Janubi-Şarqiy Osiyo yetakçilik qiladi. Jahon umumiy iste’mol hajmining 50 foizi töğri keladigan Xitoy va Hindiston mos ravişda 192,8 mln tonna va 140,3 mln tonna guruç iste’mol qiladi», — deyiladi Straits Research konsalting kompaniyasi hisobotida.

Şuningdek, Indoneziya (51,8 mln tonna), Bangladeş (42,2 mln tonna), Filippin (22,5 mln tonna), Vetnam (22,4 mln tonna), Myanma (15,1 mln tonna), Tayland (12,8 mln tonna), Yaponiya (9,1 mln tonna) va Braziliya (7,1 mln tonna) 2025 yilda guruç iste’moli böyiça top-10 mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Kişi boşiga eng köp guruç iste’moli Myanmada qayd etildi — bir kişi yiliga örtaça 278,97 kilogramm guruç iste’mol qiladi. Eng köp guruç iste’mol qilingan Xitoyda esa bir kişiga töğri keladigan guruç miqdori 98,98 kiloni taşkil etadi.