Farğona tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 17 iyuldagi hal qiluv qarori bilan Valley Innovative University mas’uliyati çeklangan jamiyatiga 2022 yil 13 dekabrda nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatiş faoliyati uçun berilgan litsenziya bekor qilindi. 

Bunga oliy ta’lim taşkiloti faoliyatida aniqlangan qöpol qoidabuzarliklar sabab bölgani aytilmoqda. 

Jumladan,

- oliy ta’lim taşkilotining litsenziyada körsatilgan foydalaniş uçun ajratilgan bino-inşootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara şartnomasi asosida tegişli ekanini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud emas;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga ta’lim oluvçilar va pedagog xodimlar töğrisida töğri va töliq ma’lumotlar kiritilmagan;

- vakolatli davlat organi bilan kelişilgan holda yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar bilan şuğullanadigan rektor maslahatçisi ştat birligi joriy etilmagan;

- ta’lim taşkilotining bankdagi hisob varağida 150 ming AQŞ dollari yoki şu miqdor ekvivalentdagi mablağ mavjud emas;

- 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa köçiriş apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi taşkil etilmagan;

- ta’lim oluvçilar har bir fandan öquv adabiyotlari (darsliklar, öquv qöllanmalari) bilan ta’minlanmagan.