08:42 / 26.07.2023
5236

Politico: G‘arb F-16’da ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha haligacha kelishib olgani yo‘q

Kiyevning g‘arbiy hamkorlari haligacha ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ishlashga o‘rgatish rejasi bo‘yicha kelishib olmadi, deb yozadi Politico AQShning uch rasmiy vakiliga tayanib. 

Foto: Sam Yeh/AFP/Getty Images

Takliflardan biri ukrainalik uchuvchilarning Qo‘shma Shtatlarga borishi va Arizonada joylashgan Harbiy-havo kuchlari Milliy gvardiyasi bo‘linmasi tomonidan o‘qitilishi bilan bog‘liq, deb yozadi nashr. 

Biroq, ikki AQSh rasmiysi va bir Yevropa rasmiysiga ko‘ra, bu fikr qo‘llab-quvvatlanmadi. 

Yana bir reja amerikalik harbiy uchuvchilarni Ukrainadan tashqarida ukrainaliklarni tayyorlash uchun Yevropaga yuborishni nazarda tutadi. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, deydi Politico suhbatdoshlari. 

«Biz hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan rejani amalga oshirishning eng amaliy yo‘lini aniqlash ustida ishlayapmiz», deb tushuntirdi AQSh rasmiylaridan biri. 

Mavzuga oid
Top