Tanqiddan so‘ng: Surxondaryoda tumanlar orasida tiklangan YPX postlari olib tashlandi
Surxondaryo viloyatida tumanlar orasida muvaqqat YPX postlari paydo bo‘lgani, ular asosan yoz faslining tungi soatlarida xavfsizlik maqsadida faoliyat ko‘rsatayotgani haqida ma’lum qilingandi.
Kun.uz muxbiri viloyat bo‘ylab YPX postlarining kamida yettitasi o‘rnatilganiga shaxsan o‘zi guvoh bo‘lgan. Nashr mushtariylarining ma’lum qilishicha, hozirda muvaqqat postdagi beton to‘siqlar va taqiqlovchi belgilar olib tashlangan.

O‘quvchilar yuqorida tasvirlangan Denov tumanidagi Xayrobod aholi punktida o‘rnatilgan postdan fotosurat ham jo‘natgan.

Jurnalist Qobil Xidirov o‘zining Davletov.uz Telegram kanalida tumanlar o‘rtasidagi nazorat postlarining tugatilishi prezidentning siyosiy qarori bo‘lganiga urg‘u bergan edi.
«Bu eskicha ishlashga, odamlarni kuchishlatarlar bo‘lar-bo‘lmasga qiynashiga, bir davlat ichida xalqning emin-erkin harakatlanishiga to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan siyosiy iroda edi. Hatto bu yangilangan konstitutsiya ruhiga ham ziddir», — deb yozgan Davletov.uz.
Yevropada hatto davlatlar o‘rtasida chegaralarni hech qanaqa to‘siqsiz kesib o‘tish mumkin bo‘lgan bir sharoitda Surxondaryoda nazorat punktlarini hayotga qaytarayotgani prezidentning siyosiy qaroriga qarshi qadam tashlashi, deb baholanishi kerak deb ta’kidlagandi jurnalist.
«Na g‘alla, na paxta bunga asos bo‘la oladi. Minbarlarda aytilayotganidek paxta, g‘alla allaqachon hokimiyatlar qaramog‘idan chiqarilgan. Kun issiqligi, avariyalar ko‘paygani haqidagi vajlar ham asossiz, o‘zboshimcha va feodalcha yondashuvdan boshqa narsa emas», — deya xulosa qilgan Davletov.uz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 377-sonli qarori bilan tugatiladigan va faoliyatni davom ettiradigan yo‘l-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlari ro‘yxati tasdiqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
-
Yozuvchi Salom Rushdiyga hujum qilgan shaxs 25 yilga qamaldi
Jahon | 21:35 / 16.05.2025
Mavzuga oid

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025