Vnukovoda olmoslarni ichki kiyimiga yashirib olib kirishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
BAAdan Moskvaga uchib borgan ushbu shaxsning ichkiyimidan 62 dona brilliant topilgan.
Moskvaning Vnukovo aeroportiga uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosining ichki kiyimidan qimmatbaho toshlar topildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bojxonachilar BAAdan uchib kelgan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosining bagajini skanerlash chog‘ida ko‘plab elektron qurilmalarni va qimmatbaho toshlar uchun 40 ta sertifikatni topib olishgan. Biroq yuklar orasida qimmatbaho toshlarning o‘zi ko‘zga tashlanmagan.
“Bojxona nazoratidan yashirilgan mahsulotlarni ixtiyoriy ravishda topshirish taklifiga erkak bunday mahsulotlar mavjud emas deya javob bergan. Biroq u tintib ko‘rilganda ichki kiyimida shaffof va ko‘k rangdagi 62 ta yirik tosh berkitilgan o‘g‘ri cho‘ntak borligi aniqlanadi. Qimmatbaho toshlar uchta polietilen paketga o‘ralib skotchlangan”, — deya xabar bermoqda Rossiya Federal bojxona xizmati.
Qonunbuzar BAAning yirik aviakompaniyalaridan birining xodimi ekani, Moskvaga qarindoshlarini ko‘rish uchun uchib kelganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, olmoslarni qarindoshlariga sovg‘a sifatida olib kelgan va ularning qiymati 17 ming dollardan oshmaydi. Tekshiruv davomida barcha toshlarning olmos ekani tasdiqlangan.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston fuqarosi sud tomonidan aybdor deb topilgudek bo‘lsa, u 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bundan tashqari, ekspertiza yo‘lovchining yuklari orasidan topilgan elektron qurilmalarni shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yangi tovarlar deb topgudek bo‘lsa, u holda qonunbuzar bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ham jazoga tortiladi.
“Ayni paytda sud qarori bilan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlangan”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq rossiyalik bojxonachilar Afrikadan Yevropa davlatlari orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan bananlar orasidan qiymati 5,3 mln dollarni tashkil etuvchi 50 kg kokain topishgandi.
Mavzuga oid
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
16:13 / 20.11.2024