2022 yilda Özbekistonda aholini röyxatga oliş umummilliy tadbiri ötkazilişi kerak edi. Xususan, 2019 yil 5 fevralda “Özbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi prezident farmoni, 2020 yil 16 martda “Aholini röyxatga oliş töğrisida”gi qonun qabul qilingandi.
Keyinçalik, koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur tadbirni ötkaziş muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, respublikada aholini röyxatga oliş işlari 2023 yilning 1-25 noyabrida ötkazilişi belgilangandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aholini röyxatga oliş işlariga sarflanadigan mablağ miqdori aholi jon boşiga örtaça 3 AQŞ dollaridan töğri kelişi mumkinligi aytilgandi. Bu xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi.
Nega bu tadbir muhim?
Aholini röyxatga oliş ma’lum bir sanada Özbekiston aholisining soni, yoşi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad oliş manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olişga yordam beradi. Şuningdek, aholi jon boşiga makroiqtisodiy körsatkiçlarning taqsimlanişini hisoblaşda işlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq körsatib beradi. Hududlarni rivojlantiriş, ayollar va bolalar salomatligini saqlaş böyiça işlarning manzilli amalga oşirilişi uçun ham axborot manbasi bölib xizmat qiladi.
Aholini röyxatga olişda individual asosda har bir şaxs töğrisidagi yakka ma’lumotlar töplanadi. Şu bilan birga, respondentlardan olingan ma’lumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini röyxatga oliş varaqasidan faqat natijalarni umumlaştiriş uçun foydalaniladi.
Aholini röyxatga oliş tadbirlarining ötkaziliş tarixi
Aholini ilk röyxatga oliş dastlab qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misr kabi mamlakatlarda ötkazilgan. Bundan asosiy maqsad odamlardan soliq yiğiş, boj oliş hamda harbiy safarbarlik uçun ularning sonini aniqlaş bölgan. Şu boisdan röyxatga olişda asosan erkaklarga e’tibor qaratilgan.












