Çexiya hukumati rossiyalik milliarder Vladimir Yevtuşenkovga tegişli bölgan qator kompaniyalarning bank hisoblarini bloklab qöydi, şuningdek, uning 100 million çex kronasi (4,16 million yevro) qiymatidagi aktivlarini xatlovga oldi. Bu haqda 30 iyul, yakşanba kuni Çexiya televideniyesi (Česká televize) xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga köra, tadbirkorning xatlovga olingan aktivlari orasida Karlovi Varidagi beş yulduzli Savoy Westend mehmonxonasi ham bor. Xatlovga oliş Çexiyaning moliyaviy tahlil departamenti tomonidan amalga oşirilgan.
Mehmonxona hozirda çeklangan asosda işlayapti. Mehmonxona rahbariyatining fikriça, xodimlar işini yöqotiş xavfi ostida.
Yevtuşenkovning Karlovi Varidagi mulki umumiy qiymati 500 million çex kronasidan (20,8 million yevro) ortiqroqqa baholangan.
28 iyun kuni Çexiya rossiyalik tadbirkor Vladimir Yevtuşenkov va uning öğli Feliksni sanksiyalar röyxatiga kiritdi, deb xabar berdi Çexiya radiosi. Tadbirkor va uning öğliga mamlakatga kiriş, şuningdek, Çexiya tuzilmalari orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş taqiqlangan, uning aktivlarini muzlatiş haqida buyruq berilgan.













