2023 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 62 mln AQŞ dollariga 19,7 ming tonna şokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, şokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 957 tonnaga oşgan. 

Özbekiston 6 oyda eng köp şokolad import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakçilik qilyapti – 13,8 ming tonna.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Polşa – 1,9 ming tonna;
  • Ukraina – 869 tonna;
  • Niderlandiya – 613 tonna;
  • Qozoğiston – 589 tonna;
  • Turkiya – 526 tonna;
  • Belarus – 181 tonna;
  • Litva – 156 tonna;
  • Germaniya – 136 tonna;
  • Italiya – 98 tonna;
  • Fransiya – 69 tonna.