JICA taşkilotining Tokiodagi boş ofisida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça muzokaralar bölib ötdi.

Uçraşuv davomida Özbekistonda JICA taşabbusi bilan 3 yilga möljallangan «Yaponiyada bandlik imkoniyatlaridan foydalangan holda Özbekistonning sanoat sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantiriş» loyihasini amalga oşiriş böyiça bitim imzolandi.

Loyihaga köra, Yaponiyada işlaş istagida bölgan fuqarolarni barça soha va yönalişlarda işga joylaşişga kömaklaşiladi.

Qişloq xöjaligi, keksalarni parvarişlaş, mehmonxona xöjaligi, umumiy ovqatlaniş sohalarida işlaş tartib qoidalari töğrisida ma’lumotlarni aks ettiruvçi veb-portal joriy qilinadi.

Mazkur veb-portalda Yaponiyadagi potensial iş beruvçilar uçun Özbekistonning mehnat salohiyati, fuqarolarni mehnat migratsiyasiga taşkiliy, qonuniy va xavfsiz jalb qiliş uçun yaratilgan tizim va infratuzilma haqida ma’lumotlar joylaştiriladi.

Şuningdek, loyiha doirasida yapon tili va kasbga öqitiş kurslarini zamonaviy uslubiy qöllanmalar bilan jihozlaşda kömaklaşiladi.