Faqatgina atom bombasi «otasi» emas. Oppenheymer aslida kim edi?
|00:09 / 01.08.202347 11622 min
Yaqinda rejissyor Kristofer Nolanning «Oppenheymer» biografik filmi butun dunyo böylab premera qilindi. Atom bombasini yaratiş böyiça Manhetten loyihasi rahbari Robert Oppenheymerning xaqiqiy tarixi, hayot yöli qanday keçgandi?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
1945 yil 16 iyul kuni erta tongda Robert Oppenheymer bunkerda dunyoni özgartiradigan lahzani kutayotgandi. Bunkerdan taxminan 10 km uzoqlikda, AQŞning Nyu-Mexiko ştatidagi Jornada del Muerto çölidagi qumliklarda, Trinity kod nomi bilan nomlangan dunyodagi birinçi atom bombasi sinovi boşlanişi kerak edi.
Oppenheymer asab tizimi buzilişi yoqasida edi. U har doim kelişgan bölgan, lekin uç yil davomida loyihani boşqargandan söng, uning vazni deyarli 52 kilogrammgaça tuşib ketgan. Bu vazn 178 santimetrlik böy bilan uni juda ozğin körsatgan. Öşa keçasi u bor-yöği tört soat uxlagan, trevoga va çekuvçi insonning yötali unga dam olişga xalaqit bergan.
Oppenheymer hayotidagi bu buriliş nuqtasi tarixçilar Kay Berd va Martin Şervin tomonidan «Amerika Prometeyi» biografik kitobida tasvirlangan, Nolanning kinokartinasi ham uşbu kitobga asoslangan.
Berd va Şervinning yozişiça, bombani işga tuşirişdan oldingi teskari hisobning sönggi daqiqalarida AQŞ armiyasi generali Oppenheymerni diqqat bilan kuzatgan. «Sönggi soniyalar ötgan sayin doktor Oppenheymer (…) qattiq asabiylaşdi. U deyarli nafas olmayotgan edi», degan general.
Çaqnaş quyoşni xira qildi. 21 kilotonna quvvatga ega portlaş öşa paytda tarixdagi eng kuçli portlaş böldi. Portlaş tölqini epimarkazdan 160 km uzoqlikda ham sezilgan. Yer böylab gumburlagan şovqin tarqalib, qöziqorin (yoxud yadro) buluti osmonga kötarilgaç, Oppenheymerning yuzida «aql bovar qilmaydigan yengillik» paydo bölgan.
«Men uning yurişini heç qaçon unutmayman, uning maşinadan qanday tuşganini heç qaçon unutmayman. U «Peşin» filmidagi qahramon kabi ğoliblar uslubida yurdi, u öz maqsadiga erişdi», deydi portlaşdan bir neça daqiqa ötgaç Oppenheymerni uzoqdan kuzatgan uning dösti va hamkasbi Isidor Rabi.
1960-yillarda bergan bir qator intervyularida Oppenheymer öziga yanada köproq obro‘ töplaşga qaror qilgan va portlaşdan söng uning xayoliga darhol «Bhagavadgita» dostonidan bir iqtibos kelganini aytgan: «Endi men dunyolarni vayron qiluvçi ölimga aylandim».
1945 yilda sinovdan ötkazilgan Trinity yadroviy qurilmasi loyihasi
Döstlarining aytişiça, Oppenheymer keyingi kunlarda tobora köproq tuşkunlikka tuşib borgan. «Öşa ikki hafta içida Robert juda kamgap va öyçan bölib qoldi. U nima yuz berişini bilar edi», deydi ulardan biri.
Mavzuga oid
Bir kuni ertalab u «bu beçora kiçkina odamlar», yaponlarning muqarrar taqdiri haqida qayğura boşladi. Ammo bir neça kundan keyin u diqqatini jamladi va yana asabiy va talabçan böldi.
Harbiylar bilan uçraşuvda Oppenheymer «beçora kiçkina odamlar»ni, aftidan, butunlay unutgan. Buning örniga, Berd va Şervin yozganidek, bomba taşlaş uçun töğri şaroitlarni tanlaş muhimligiga bor e’tiborini qaratgan.
«Albatta, uni yomğir yoki tumanda taşlaş mumkin emas (...) Uni juda balandda portlatişlariga yöl qöymang, aks holda nişonga yetarliça şikast yetkazilmaydi», degan Oppenheymer.
Bir oydan kamroq vaqt ötgaç, Oppenheymer Hirosimaning muvaffaqiyatli portlatilişini öz hamkasblariga e’lon qilgan va öşa yerda bölgan kuzatuvçilaridan biri Oppenheymer «qölini muşt qilib, ğalaba qozongan jangçi kabi boşi uzra kötargani»ni aytgan.
Foto: UNIVERSAL PICTURES
Oppenheymer Manhetten loyihasining emotsional va intellektual yuragi edi va aynan u atom bombasini haqiqatga aylantirdi.
«Agar Oppenheymer Los-Alamos laboratoriyasi direktori bölmaganida, işonçim komilki, Ikkinçi jahon uruşi yaxşi yoki yomonmi, yadro quroli işlatilmay tugagan bölardi», deya yozgan uruşdan keyin Oppenheymer bilan birga işlagan Jyeremi Bernşteyn özining «Oppenheimer: Portrait of an Enigma» kitobida.
Öz mehnati mevasini kuzatgan Oppenheymerning bunday turli reaksiyalari (hali ularning qançalik tez özgarganini aytmasa ham böladi) juda ğalati körinişi mumkin.
Bir insonda asabiy zaiflik, şuhratparastlik, uluğvorlik va oğriqli ğamginlik qanday uyğunlaşişi mumkinligini tasavvur qiliş qiyin, ayniqsa u yadro loyihasida öynagan asosiy rolni hisobga olgan holda.
Oppenheymer 1904 yilda Nyu-Yorkda, Germaniyadan kelgan yahudiy muhojirlarning birinçi avlodi oilasida tuğilgan. Oila töqimaçilik savdosi orqali boylik orttirgan.
Ular Manhettenning nufuzli Yuqori Vest-Sayd tumanidagi keng kvartiralarda yaşar edi. Oila uyida uç xizmatkor va haydovçi bor edi, devorlarga yevropalik rassomlarning kartinalari osilgandi.
Bolalikdagi döstlarining xotiralariga köra, bu haşamatga qaramay Oppenheymer umuman kamtar va juda saxiy bola bölgan.
Uning maktabdagi dösti Jyeyn Didişaymning sözlariga köra, Robert «biroz qizargan, kiçkina, qizğiş yonoqli, juda uyatçan, lekin ayni paytda ança aqlli» bölgan.
«Hamma uning boşqalardan ajralib turişi va barçadan ustun ekanini juda tez tan oldi», deydi u.
Oppenheymer töqqiz yoşida yunon va rim faylasuflarini asl nusxada öqigan va mineralogiya bilan şuğullangan. U Markaziy xiyobon atrofida aylangan va Nyu-York mineralogik klubiga öz topilmalari haqida xabar berib, xatlar yozgan.
Uşbu maktublarda u özini şunçalik qobiliyatli körsatdiki, klub uni katta olim sifatida qabul qiladi va ma’ruza öqişga taklif etadi.
Berd va Şervinning yozişiça, bunday rivojlangan intellekt yoş Oppenheymerni qisman yolğizlikka mahkum qiladi.
«U odatda öşa paytda qilayotgan yumuşi yoki ustida öylayotgan işi bilan juda band bölar edi», deb eslaydi uning döstlaridan biri.
Oppenheymerga uning yoşidagi yigitlar odatda nima bilan şuğullanişi qiziq emasdi, u sportni yaxşi körmagan va amakivaççasining eslaşiça, «Oppenheymer boşqa yigitlarga öxşamagani uçun uni tez-tez masxara va kalaka qilişgan».
Ammo Robertning ota-onasi uning aqlli ekaniga mutlaq işongan.
Oppenheymer Harvard universitetidagi kimyo fakultetida öqiş uçun uyini tark etgaç, uning butun psixologik zaifligi oşkor böldi. Uning qattiq takabburligi va yaxşi niqoblanmagan ta’sirçanligi, aftidan, unga yomon xizmat qilgan.
«Men qattiq işlayman va son-sanoqsiz dissertatsiyalar, eslatmalar, şe’rlar, hikoyalar va boşqa keraksiz narsalarni yozaman... Men uç xil laboratoriyada hidlanib, çoy tarqataman va bir neçta adaşgan qalblar bilan suhbatlaşaman, dam oliş kunlari past darajadagi energiyani kulgiga almaştiraman, yunonça kitoblar öqiyman, rejalaştirilmagan işlar qilaman, iş stolimdan xat izlayman va ölişni xohlayman. Vualya», deb yozgan Oppenheymer 1923 yildagi maktublaridan birida.
Filmda Oppenheymer rolini irlandiyalik aktyor Killian Myorfi öynagan.
Foto: UNIVERSAL PICTURES
Uşbu töplamdagi boşqa xatlardan ma’lum bölişiça, xuddi şu muammolar Oppenhaymerni aspiranturani davom ettirgan Kembrij universitetida ham tark etmagan. Uning ustozi şogirdi laboratoriyada amaliy işlar bilan şuğullanişini xohlardi, ammo bu Oppenheymerning zaif tomoni edi.
«Menga qiynalyapman. Laboratoriya işi dahşatli darajada zerikarli va men bu işda şunçalik nönoqmanki, men nimanidir örganayotganimni his qilişim mumkin emas», deya yozgan Robert 1925 yilda.
Bu ruhiy holat Oppenheymerni, öqituvçisi stolida laboratoriya kimyoviy moddalari bilan zaharlangan olma qoldirganida sal qolsa muammoga duçor qilardi. Keyinçalik döstlari uni öşa paytda hasad va ojizlik hissiyotlari boşqargan deya taxmin qilgan.
Öqituvçi olmani yemagan, lekin Oppenheymerning Kembrijdagi örni xavf ostida qolgan va u psixiatrga boriş şarti bilangina öz joyini saqlab qolişi mumkin edi. Psixiatr unga psixoz taşxisini qöyadi va davolaniş foyda keltirmasligini aytadi.
Oppenheymer keyinçalik, öz hayotining uşbu davrini eslab, Rojdestvo bayramida öz joniga qasd qiliş haqida jiddiy öylaganini aytgan.
Keyingi yili Parijga taşrifi çoğida uning yaqin dösti Frensis Fergyuson Oppenheymerga öz sevgilisiga turmuş qurişni taklif qilganini aytgan. Bunga javoban Oppenheymer döstini böğişga harakat qilgan.
«U menga orqadan çamadon kamari bilan taşlandi va uni böynimdan örab oldi... Men sirtmoqda çiqişga muvaffaq böldim, u esa yerga yiqilib, yiğlab yubordi», deydi Frensis.
Psixiatrlar ham kuçsizlik qilgan joyda adabiyot yordamga keladi.
Berd va Şervinning sözlariga köra, Oppenheymer Korsikada hayking (piyoda turizmi) qilib yurgan vaqtda Marsel Prustning «Yöqotilgan yillarni qidirib» asarini öqigan va unda özining ruhiy holati aksini topgan, bu esa uni tinçlantirib, mavjud bölişning yanada osonroq yöli oynasini oçgan.
Oppenheymer kitobdan «Sen keltirayotgan azob-uqubatlarga befarqlik — bu şafqatsizlikning dahşatli va özgarmas şaklidir» degan parçani yod oldi.
Öşandan keyin azob-uqubatlarga munosabat masalasi uni doimo taşvişga solib, Oppenheymerning butun hayoti davomida ma’naviy va falsafiy matnlarga bölgan qiziqişini kuçaytirdi va oxir-oqibat uning reputatsiyasini belgilab bergan işda muhim rol öynadi.
Uning ta’til vaqtida döstlariga aytgan sözlarini başorat deb hisoblaş mumkin: «Men eng köp, köplab işlarda ğayrioddiy ustasi farang böluvçi, lekin ayni paytda köz yoşlarga töla yuzni saqlab qoluvçi insonlardan zavqlanaman».
Oppenheymer Angliyaga ança yaxşi kayfiyatda qaytadi va özini keyinçalik eslaganidek, «juda mehribon va bağrikengroq» his qiladi. 1926 yil boşida u Gettingen universiteti qoşidagi Nazariy fizika instituti direktori bilan uçraşadi, u Oppenheymerning iste’dodiga işonç hosil qiladi va uni Germaniyaga öqişga taklif etadi.
Keyinçalik öz maktublarida Oppenheymer 1926 yilni «fizikaga kirgan» yili va hayotidagi buriliş davri deb atagan. Keyingi yili u falsafa fanlari doktori darajasini oladi va nazariy fizikani rivojlantiruvçi ilmiy jamoaning bir qismiga aylanadi.
Oppenheymer bu yerda keyinçalik uning bir umrlik döstlariga aylangan köplab olimlar bilan tanişadi. Ularning köpçiligi vaqt ötib, Los-Alamosdagi Oppenheymer loyihasiga qöşilgan.
Oppenheymer töxtovsiz nimadir öqirdi – poeziyadan tortib şarq falsafasigaça
Amerikaga qaytgaç, Oppenheymer Harvardda bir neça oyni ötkazadi, şundan söng u fizika bilan şuğullanişni davom ettiriş uçun Kaliforniyaga köçib ötadi. Uning maktublarining ohangi ança tinçlanadi. Ularda Oppenheymer ukasiga romantik munosabatlar va san’atga qiziqiş haqida gapirib bergan.
Berklidagi Kaliforniya universitetida u kosmik nurlar va yadro parçalanişini örganiş natijalarini tahlil qilib, tajribaçilar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Keyinçalik Oppenheymer «gap nima haqida ketayotganini tuşungan yagona odam» özi ekanini qanday aniqlaganini aytgan. Oxir-oqibat u yaratgan ilmiy bölim, öz sözlari bilan aytganda, u juda yaxşi körgan nazariyani tuşuntiriş uçun zarur edi.
«Avvaliga professor-öqituvçilar, xodimlar va hamkasblarga, söngra esa nima örgangani va hal qilinmagan muammolar nimaga boğliqligini eşituvçi barçaga tuşuntiriş kerak», degan Oppenheymer.
U dastlab özini «murakkab» öqituvçi deb ta’riflagan, ammo aynan şu rolda Oppenheymer Y loyihasida işlagan vaqtida unga yordam bergan xarizmani yaxşilagan.
Oppenheymerning hamkasblaridan biri uning şogirdlari «qöllaridan kelgança unga taqlid qilişga uringanliklari»ni eslaydi. «Ular uning imo-işoralarini, xulq-atvorini, intonatsiyalarini özlariga köçirgan. U haqiqatan ham ularning hayotiga ta’sir qildi», deydi u.
1930-yillar boşlarida, uning akademik karerasi rivojlangan paytda, Oppenheymer humanitar fanlar bilan şuğullanişda davom etadi. Aynan öşa paytda u özi uçun qadimgi hind eposini kaşf etadi va «Bhagavadgita»ni asl nusxada öqiş uçun sanskrit tilini örganadi, hamda keyinçalik şu kitobdan özining maşhur iqtibosini keltiradi.
Aftidan, uning qiziqişi faqatgina intellektual emas edi. Bu Oppenheymer Prustni öqib çiqqandan keyin öziga yozib bergan biblioterapiyaning davomi edi.
Filmning Londondagi premerasi. Foto: Getty Images
Aristokratik oilaning ikki tarmoği örtasidagi uruş haqida hikoya qiluvçi «Bhagavadgita» dostoni Oppenheymerga atom bombasi loyihasi ustida işlayotganda duç kelgan axloqiy dilemmaga nisbatan qöllaş mumkin bölgan falsafiy asosni berdi.
Dostonda burç, taqdir va natijadan ozod böliş haqida söz yuritilib, «oqibatlardan qörqiş harakatsizlik uçun bahona böla olmasligi» ta’kidlangan.
Oppenheymer 1932 yilda ukasiga yozgan maktubida «Bhavadgita»ga havola qilgan holda, uruşni bunday falsafani amaliyotga tatbiq etişga imkon beruvçi holatlardan biri sifatida tilga oladi.
«Men intizom orqali tinçlikka erişişimiz mumkinligiga işonaman, men intizom orqali biz baxtimiz uçun zarur bölgan narsalarni juda yoqimsiz şaroitlarda saqlab qolişni örganişimizga işonaman. Şuning uçun, menimça, tartib-intizomni talab qiladigan hamma narsa: öqiş, xalq va davlat oldidagi burçlarimiz, uruş (…) biz tomondan çuqur minnatdorçilik bilan qabul qilinişi kerak, çunki faqat şu yöl bilan biz eng kam yöqotişga erişişimiz mumkin va faqat şu yöl bilangina biz tinçlikni anglaşimiz mumkin», degan Oppenheymer.
1930-yillar örtalarida Oppenheymer şifokor va psixiatr Jin Tetlok bilan uçraşadi va uni sevib qoladi.
Berd va Şervinning qayd etişiça, Jin xarakterining murakkabligi jihatdan Oppenheymer bilan töliq raqobatlaşişi mumkin. Robert bir neça bor unga turmuş qurişni taklif qiladi, lekin har safar rad javobini oladi.
Aynan Jin Oppenheymerni Jon Donning radikal siyosiy nazariyalari va şe’riyati bilan taniştiradi. Oppenheymer 1940 yilda biolog Ketrin Harrisonga uylanganidan keyin ham ular vaqti-vaqti bilan uçraşişda davom etadi.
Harrison keyinroq Manhetten loyihasiga flebotomist sifatida qöşiladi va nurlanişning inson qoniga ta’sirini örganadi.
Oppenheymer oilasi bilan ta’tilda. U biolog Ketrin Harrisonga uylangan va uni ham loyihaga olgan
1939 yilda yadroviy tahdid siyosatçilardan köra fiziklarni köproq taşvişga solgan. Va Albert Eynşteyn öz maktubida Amerika hukumatiga bu xavfni birinçi bölib yetkazadi.
Reaksiya juda sekin böladi, ammo ilmiy hamjamiyatda kuçayib borayotgan taşviş nihoyat prezidentni harakat qilişga majbur qiladi.
Oppenheymer mamlakatning eng közga köringan fiziklaridan biri sifatida yadro qurolining imkoniyatlarini sinçiklab örganiş vazifasi topşirilgan olimlar qatoriga kiradi.
1942 yil sentabriga kelib, qisman Oppenheymer guruhining sa’y-harakatlari tufayli, prinsipial jihatdan bombani yaratiş mumkinligi ma’lum böladi va uni yaratiş böyiça aniq rejalar şakllantirila boşlanadi.
Berd va Şervinning sözlariga köra, Oppenheymer uning nomzodi loyihaning ehtimoliy rahbari sifatida körilayotganini bilgaç, uning özi bunga tayyorgarlik köra boşlaydi.
«Men kommunistlar bilan barça aloqalarimni uzdim. Agar şunday qilmasam, hukumat mendan foydalanişi qiyin böladi va men mamlakatga foyda keltirişimga nimadir tösqinlik qilişini xohlamayman», degan Oppenheymer.
«Oppenheymerning muammosi şundaki, u uni yoqtirmaydigan narsani — AQŞ hukumatini yoqtiradi», degan Albert Eynşteyn.
Biroq, vatanparvarlik va hukumatni xursand qiliş istagi unga tanlov berilganda muhim rol öynadi. Atom bombasi loyihasining ilmiy rahbarini tanlaş loyihaning harbiy rahbari general Lesli Grovesning zimmasiga tuşgan.
Generalning 2002 yilda naşr etilgan biografiyasidan ma’lum bölişiça, uning taklif qilgan nomzodi e’tirozlarga sabab bölgan. Asosiy e’tiroz Oppenheymerning «öta liberal qaraşlari»ga nisbatan edi.
General Groves Oppenheymerning ijobiy jihatlari sifatida nafaqat uning iste’dodi va bilimini, balki «haddan taşqari şuhratparastligi»ni ham keltiradi.
«Men u nafaqat öz işiga sodiqligiga, balki topşiriqning muvaffaqiyatli bajarilişiga nimadir xalaqit berişiga yöl qöymasligiga va fan tarixida öz örnini egallaşiga amin böldim», degan general.
Riçard Rodsning «Atom bombasini yaratiş» kitobida, Isidor Rabi dastlab öz döstining loyihaga ilmiy direktor etib tayinlanişini aql bovar qilmaydigan iş deb atagani, biroq keyinçalik bu «general Grovesning çinakam ajoyib yurişi» bölganini tan olgani yozilgan.
Robert Oppenheymer va general Lesli Grovs sinovlar vaqtida bomba örnatilgan pölat minoradan qolgan barça narsani örganişgan
Los-Alamos laboratoriyasida Oppenheymer turli fanlararo sohalardan olingan özining qarama-qarşi tamoyillarini amalda qölladi.
Fizik Otto Frişning 1979 yilda yozilgan avtobiografiyasida, Oppenheymer laboratoriyaga nafaqat olimlarni, balki «rassom, faylasuf va boşqa bir qança noodatiy odamlar»ni ham jalb qilgani aytilgan.
«Uning fikriça, har qanday tsivilizatsion jamoa bu odamlarsiz töliq bölmaydi», deb yozgan Friş.
Uruşdan keyin Oppenheymerning kayfiyati aftidan, özgargan. U yadro qurolini «agressiya va terror» vositasi, qurol sanoatini esa «şaytoniy soha» deb ataydi. 1945 yil oktyabrdagi uçraşuvlardan birida u AQŞ prezidenti Harri Trumenga şunday degan: «Men qöllarimda qon borligini his qilaman».
«Men unga qon mening qöllarimdaligi va bu mening taşvişim ekanini aytdim», degan prezident.
Bombani işlab çiqiş jarayonida Oppenheymer özining va hamkasblarining axloqiy ikkilanişlarini tinçlantiriş uçun xuddi şunday dalildan foydalangan.
U hamkasblariga ular olim sifatida quroldan qanday foydalaniş kerakligi böyiça qaror qabul qilişda heç qanday mas’uliyatni öz zimmasiga olmasligini, balki faqat öz vazifalarini bajariş uçun javobgar ekanini aytadi. Agar qon tökilsa, unda u siyosatçilar qölida böladi.
Biroq, bu iş amal oşirilgaç, Oppenheymerning işonçi vayron böladi.
Rejissyor Kristofer Nolan film s’yomkasi vaqtida
Berd va Şervinning yozişiça, uruşdan keyingi yillarda AQŞ Atom energiyasi böyiça komissiya a’zosi sifatida Oppenheymer yangi turdagi qurollarni, şu jumladan kuçliroq vodorod bombasini yaratişga qarşi çiqqan.
Natijada, 1954 yilda Oppenheymerga qarşi hukumat tekşiruvi ötkaziladi, u davlat sirlariga kiriş huquqini yöqotadi va ortiq siyosiy qarorlar qabul qilişda iştirok eta olmaydi.
Akademik hamjamiyat uning himoyasiga çiqadi.
«U xatolarga yöl qöydi va ulardan biri xavfsizlik nuqtayi nazaridan juda jiddiy edi. Ammo sadoqatsizlik yoki xiyonat deb hisoblanişi mumkin bölgan heç qanday dalil yöq edi ... Olimlar fojiali dilemmaga duç keldi», deb yozadi faylasuf Bertran Rassell 1955 yilda New Republic naşridagi maqolasida.
1963 yilda AQŞ hukumati siyosiy reabilitatsiya belgisi sifatida Oppenheymerni Enriko Fermi mukofoti bilan taqdirlaydi, ammo 1954 yilgi maxfiy ma’lumotlarga kiriş huquqini bekor qiliş qarori faqatgina uning ölimidan 55 yil ötgaç, 2022 yilda bekor qilindi.
Oppenheymer hayotining sönggi 20 yilida Nyu-Jyersi ştatining Prinston şahridagi Asosiy tadqiqotlar instituti direktori bölib işladi. Bu yerda u bilan Albert Eynşteyn va boşqa taniqli fiziklar birga işlagan.
Oppenheymer atom bombasining texnik yutuqlari bilan faxrlanar va ayni paytda, uning qöllanişi oqibatlarida özini aybdor his qilardi. Şu bilan birga, u bir neça bor bomba paydo bölişi muqarrar ekanini aytgan.
Albert Eynşteyn va Robert Oppenheymer
Oppenheymer hatto öz loyihasining eng çöqqisida ham 1920-yillarda aytgan «yiğlayotgan yuz»ni saqlab qoldi.
U atom bombasini sinov nomi bölmiş Trinity («Uçlik») nomini Jon Donning «Yuragimga ur, uç yuzli Xudo!» şe’ridan olgandi.
Uni Jon Donning san’ati bilan taniştirgan Jin Tetlok sinov jarayonlaridan bir yil oldin öz joniga qasd qiladi.
Ben Plats-Mills işlagan Oppenheymer portreti
Bomba loyihasi Oppenheymerning tasavvurida sevgi va fojia bilan öralgandi.
Bomba nafaqat ilmiy izlanişlar natijasi, balki Oppenheymerning öz tasavvurining mahsuli ham böldi.
Robert Oppenheymer yoşligidan aşaddiy kaşanda edi, butun umri davomida sil kasalligidan aziyat çekkan va 1967 yilda, 62 yoşida tomoq saratonidan vafot etgan.
Ölimidan ikki yil oldin u ilm-fan va şe’riyat örtasidagi farqni juda aniqlik bilan ifodalagan. Şe’riyatdan farqli ölaroq, «fan — bu bir xil xatolarni takrorlamaslikni örgatadi», degan olim.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi