Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: «Vagner» tomonidan Polshaga qandaydir tahdid haqida ma’lumot yo‘q
AQShda Belarusda joylashgan «Vagner» XHK kuchlari tomonidan Polsha yoki boshqa NATO ittifoqchilariga tahdid haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu haqda Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi.
Foto: NSN
Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi.
Polsha va Litva Belarusda joylashgan «Vagner» XHK yollanma askarlari provokatsiyalaridan tashvishga tushib, qo‘shni davlat bilan chegaralarini yopish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Litva ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arnoldas Abramavichus ma’lum qildi.
Abramavichus Belarus bilan chegarada provokatsiyalar sodir bo‘lishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.
«Belaruski Gayun» monitoring loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning «Vagner» XHK jangchilarining 80 dan ortiq avtomashinadan iborat 13-karvoni Belarusga kirib kelgan.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarusda joylashgan «Vagner» XHK «yollanma askarlari», uning so‘zlariga ko‘ra, «Varshavaga ekskursiyaga borishni» xohlayotgani sababli vaziyatni «qiyinlashtirishni boshladi». Lukashenko bu haqda 23 iyul kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda gapirdi.
Mavzuga oid
10:25 / 19.01.2026
O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi
08:51 / 17.01.2026
Polsha to‘rt ukrain va bir rossiyalikni diversiyalarda aybladi
18:37 / 15.01.2026
O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun Polsha chegarasida alohida yo‘lak ochish rejalashtirilmoqda
15:39 / 12.01.2026