Jamiyatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri – manfaatlar töqnaşuvi. U bor joyda sohalar rivojlaniş örniga, orqaga ketadi, millat potensiali zavolga uçraydi. Kun.uz'ning navbatdagi multfilmida şu illat haqida söz yuritiladi.

Deylik, bir odam bir vaqtning özida ham biron soha vaziri bölib işlayapti, ham öşa sohada tadbirkorlik qilyapti. Buning nimasi yomon? Balki u bu bilan öşa sohani rivojlantirayotgandir, işçi örinlari yaratayotgandir?

Gap şundaki, jamiyat vazir qilib tayinlagan odamning qöliga sohani rivojlantiriş uçun, xususan soha vakillariga yordam beriş uçun imkoniyat, vakolat va öz hamyonidan mablağlar beradi. Vazir imkoniyatlardan foydalanib, qonunlarga mos ravişda sohani rivojlantirişi, soha vakillariga adolat bilan yondaşişi kerak. U aynan şu uçun jamiyat tomonidan barça kerakli narsalar bilan ta’minlanadi.

Endi tasavvur qiling, bitta odam ham vazir, ham tadbirkor bölsa!

Tadbirkor – biron-bir iqtisodiy faoliyat yuritib, öz mablağlarini köpaytiriş bilan şuğullanadigan odam. Aynan şunday odamni biz “tadbirkor” deymiz, boşqaçasi tadbirkor bölmaydi.

Endi bir inson ham tadbirkor, ham jamiyat tomonidan sohani rivojlantiriş uçun vazir qilib qöyilgan odam bölişini tasavvur eting! Bu yerda bitta odamning içida vazifalar qarama-qarşi kelyapti.

Mana şu holat “manfaatlar töqnaşuvi” deb ataladi va jamiyat zarariga xizmat qilgani uçun, barça soğlom jamiyatlarda... qoralanadi, çeklanadi, man qilinadi.

Çunki bitta odam ham vazir, ham tadbirkor bölsa, u jamiyat unga bergan imkoniyat va mablağlarni öz şaxsiy foydasi uçun sarflaydi – axir bu holatda vazirning içida tadbirkor ham ötiribdi va u öz sözini aytadi. Bu çigallik nafaqat jamiyat uçun zararli, balki bu odamni ham yeb tugatadi, çunki bunda şaxs ikkiga bölinib qoladi-da. Şaxs ikkiga bölinib qolişi bu – oğir ruhiy kasallik.

Jamiyat esa bu holatdan jiddiy zarar köradi: manfaatlar töqnaşuvi oqibatida sohalar rivojlaniş örniga, yakka şaxslarning dala hovlisiga aylanib qoladi: mansab imkoniyatidan foydalanib, yakka şaxslar... özlariga özlari “yordam” bera boşlaydi, boşqalarni esa sohadan çiqarib yuboradi, yanada boşqalarning sohaga kirişiga yöl bermaydi, qarindoşlar va döstlar vositasida butunboşli sohalar özlaştirib olinadi.

“Ular iş örinlari yaratyapti” degan işonç esa mutlaqo aldamçi, çunki aslida sohalar töğri, soğlom, raqobatli köriniş olsa, iş örinlari bundan köp barobar ortiği bilan yuzaga keladi, bozor iqtisodiyotining “şaxsiy manfaatdorlik” degan stimuli evaziga. Buni dunyo tajribasi isbotlab bölgan.