Bugun «covet ittifoqi» deyilganda köpçilik yovuz bir saltanatni eslaydi. Çunki bu davlat ikkinçi jahon uruşida 20 milliondan oşiq qurbon bergani yetmaganday, yovuz boşqaruv tufayli özining 20 milliondan ortiq aholisini qatağon qilgan.

Qatağonlarning asosiy qismi mamlakatni 31 yil boşqargan Iosif Stalin davrida sodir etilgan. Agar tarixga nazar taşlansa, öşa qatağonlar tasodifan bölmagan, yovuz tuzum unga ança avvaldan tayyorgarlik körgandi. Stalin SSSRni qamoqxonalar mamlakatiga aylantirişni 1920-yillarning ikkinçi yarmida boşlagan edi.

Stalin davridagi eng yirik qatağon 1937 yil 31 iyuldan 1938 yil noyabr oyigaça ötkazilgan va şu davrda qariyb 2 mln odam hibsga olingan. Ularning qariyb yarmi ölim jazosiga hukm qilingan. Qolganlari uzoq yillarga qamalib, GULag qamoqxona lagerlarida ölib ketgan. Tarixda sovetlarning bu qatağoni «Katta terror» deb nomlanadi.

«Katta terror»ning asosçisi va ijroçisi bölgan Nikolay Yejov Stalin bilan birga

Qatağon haqidagi qaror va «Troyka»

1937 yil 30 iyul kuni SSSR Içki işlar xalq komissari Nikolay Yejov (NKVD rahbari) «Sobiq quloq qilinganlar, jinoyatçilar va boşqa sovetlarga qarşi unsurlarni qatağon qiliş operatsiyasi haqida»gi № 00447-sonli buyruqni imzolaydi.

Öşa kunning özida buyruqni SSSR Kompartiyasi markaziy qömitasi tasdiqlab beradi. Şundan söng mamlakat böylab barça ittifoqdoş respublikalarda, oblastlarda va rayonlarda içki işlar xalq komissari, prokuror va partiya markaziy qömitasining birinçi kotibidan iborat «maxsus uçlik» (Troyka)lar tuzila boşlanadi.

«Troyka»larning asosiy işi hibsga olinadigan odamlarning röyxatini şakllantiriş, ularga sudsiz hukm öqiş bölgan. Moskvada NKVD qoşida taşkil etilgan «Troyka»ni esa faqat Yejovning özi boşqargan.

Özbekistonda birinçi «Troyka» tarkibi respublika prokurori Boris Şeydlin, içki işlar xalq komissari Nikolay Zagvozdin va Özbekiston SSR kompartiyasi markaziy qömitasi birinçi kotibi Akmal Ikromovdan iborat bölgan.

Özbekistondagi dastlabki qatağonlar yuqoridagi uç şaxs tasdiqlab bergan röyxat asosida boşlangan. Hibsga olinganlarga çiqarilgan qamoq yoki ölim jazosi berilişi haqidagi hukmlarning aksariyati ham ular tomonidan imzolangan.

1938 yilda «Troyka» tarkibi özgaradi. Nikolay Zagvozdin hibsga olinib otib taşlangaç uning örnini yangi içki işlar xalq komissari Derenik Apresyan egallaydi. Biroq u ham bir neça oydan söng hibsga olinadi va «Troyka»ning hukmi bilan ölim jazosi beriladi.