AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Qöşma Ştatlar va uning fuqarolariga qarşi jinoyatda rasman ayblandi — aldov yöli bilan 2020 yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini bekor qilişga uringani uçun.
Tramp endi 3 avgust kuni Vaşingtondagi sudga kelişi kerak.
Heç qaysi partiya a’zosi bölmagan maxsus prokuror, 2021 yil 6 yanvaridagi voqealar böyiça tergov işlarini nazorat qilayotgan Jyek Smit Trampga tört band böyiça ayblov e’lon qildi:
- Qöşma Ştatlarni aldaş maqsadida fitna uyuştiriş;
- rasmiy jarayonga tösqinlik qiliş maqsadida fitna uyuştiriş;
- rasmiy tartib-qoidalarga tösqinlik qiliş va tösqinlik qilişga uriniş;
- fuqarolar huquqlarini buziş uçun fitna uyuştiriş.
Bu keyingi yilda prezidentlik saylovlarida qatnaşmoqçi bölayotgan Trampga qarşi uçinçi va eng jiddiy jinoiy ayblovlar hisoblanadi.
Qonunçilikka köra, bu ayblovlarning ikkisi böyiça 20 yilgaça qamoq jazosi közda tutilgan.
Vaşington sudidagi Katta hakamlar hay’atiga berilgan ayblov xulosasida aytilişiça, Donald Tramp 2020 yilgi saylovlardan keyin ham hokimiyatda qolişga ahd qilgan va unda özi ğolib bölgani haqida «yolğon tarqatgan».
«Bu da’volar yolğon edi va ayblanuvçining özi ham buni bilardi», — deyiladi hujjatda.
Hujjatdan ma’lum bölişiça, 2021 yil 6 yanvarda Tramp va uning şeriklari soxtalaştiriş haqidagi yolğon bayonotlar asosida, şuningdek, zöravonlik va tartibsizlikni qöllagan holda, qonun çiqaruvçilarga prezidentlik saylovi natijalarini rasman tan olişni bekor qiliş maqsadida ta’sir ötkazişga uringan.
Trampning saylovoldi kampaniyasi uçun töplagan jamoasi esa öz bayonotida bu ayblovlarni 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşişga qaratilgan navbatdagi uriniş deb baholadi.
Trampning tarafdorlari unga qarşi bu jinoiy işni «jodugar ovi» deb ataşgan va bu natsistlar Germaniyasini eslatişini ta’kidlaşgan.
Yangi ayblov haqida rasman e’lon qilinişidan biroz avvalroq Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğida şunday yozdi: «Men aqli noqis Jyek Smit 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşiş uçun sizning sevimli Prezidentingiz, ya’ni menga qarşi navbatdagi yolğon ayblovlar qöyayotgani haqida eşitdim».


















