Madaniyat vazirligi ma’lumotiga köra, Boku şahridagi Ozarboyjon Milliy kutubxonasida Özbek milliy adabiyoti ekspozitsiyasi taşkil etildi. Unda Abdulla Qodiriyning ozar tilida qayta çop etilgan «Ötkan kunlar» romanining taqdimoti bölib ötdi.

«Uşbu asar ilk bor 1929 yilda ozar tiliga ögirilib, bir neça bor qayta naşr etilgan. Bu ikki xalq adabiyotining özaro muştarakligi mevasi. Asarda kötarilgan masalalar, tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri ozarboyjonliklarga ham begona emas. Şu sababli turkiy xalqlar «Ötkan kunlar» asariga qayta-qayta murojaat qiladi. Şu nuqtayi nazardan, bu asarni butun turkiy xalqlarning adabiy mulki, deb aytsak xato bölmaydi»,- deydi Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy.

















