Poytaxt jamoat transportida şu yil aprel oyida joriy etilişi belgilangan, lekin keçiktirilgan moslaşuvçan tariflar tez kunlarda yölga qöyiladi.
Yangi yölkira narxlari joriy etiladigan sana hozirça ma’lum emas. Bu haqda Kun.uz'ga soha içidagi manba ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, bunda avtobus va metrodan foydalanuvçilar naqd pul va bank kartasi orqali 2 000 ming söm, transport kartasidan esa 1 600 söm tölaydi. 1 soat içida bir neçta jamoat transport turidan foydalaniş orqali bir qança çegirmalarga ega böliş mumkin. Yölovçi şu vaqt içida avtobusga çiqsa, birinçi tölovda 1 600 söm, ikkinçisida 400 söm tölaydi, keyingilarida yölkira bepul böladi.
1 soat içida avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga ötiş bilan dastlab 1 600 söm, keyin 1 000 söm, uçinçi almaşişda avtobusga çiqiş bilan 400 söm tölanadi. Törtinçi marta almaştirişda esa yölkira bepul böladi.
E’tiborlisi, bu çegirmalar faqat ATTO transport kartasini işlatuvçilar uçun amal qiladi. Ular bilan quyida batafsil tanişiş mumkin:

Yuqoridagilardan körinib turibdiki, naqdsiz tölovlarni rağbatlantiriş çoralari birmunça qisqargan. Bank kartalari bilan tölaş naqd pulda tölaşga tenglaştirilgan, bir soat içidagi imtiyozli narxlardan ham faqat ATTO kartalari egalari foydalanişi mumkin.
Ta’kidlanişiça, 1 soatlik almaşiş tariflarining 3 ta asosiy şarti bor. Unga köra, bu tarifdan foydalanuvçilarga avtobusning faqat old eşigidan çiqişiga ruxsat beriladi.
Yölovçi birinçi transportga çiqişidagi tölov qilingan vaqtdan boşlab hisob davri boşlanadi.
Bir soatlik tarifda imtiyozli narx metrodan faqat bir marta foydalanişga nisbatan tatbiq etiladi. Bu vaqt içida ikki marta metrodan foydalanilsa, hisob davri yangidan, 60 daqiqa bölib boşlanadi.
Qolaversa, yuqoridagidan taşqari, kunlik, haftalik, oylik va yillik tarif rejalari ham taklif etilyapti. Ma’lum summada tölov qilib belgilangan vaqt davomida çeksiz qatnovlarni amalga oşiriş mumkin. Imtiyozli toifadagi şaxslar uçun 50 foiz çegirma qilinadi.


















