Bundan taşqari, «SBU» taşabbusi bilan «harbiy bosqinni töğridan töğri moliyalaştirgan» yoki «bosqinçi davlatga sanksiyalarni çetlab ötişga yordam beradigan» 4000 ga yaqin Rossiya kompaniyasiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi. 

«Rossiya harbiy harakatlarining har bir homiysi sud majlisida yuqori lavozimdagi mansabdorlar yonida ötirişi kerak. Çunki ular jinoyatlarning tölaqonli şeriklaridir», - dedi «SBU» rahbari Vasiliy Malyuk. 

Avvalroq Ukraina sudi Viktor Medvedçukning rafiqasi Oksana Marçenkoning bir milliard grivnadan (27 million dollardan ortiq) köproq mol-mulkini xatlovga olgandi.

«SBU» ma’lumotlariga köra, gap Yevropaning eng yirik metallurgiya korxonasi bölgan «Zaporojskiy zavod ferrosplavov»ning 13,7 foiz aksiyalari haqida ketmoqda.