Germaniyaning Frankfurt şahri sudi rossiyalik oligarx Alişer Usmonovga nisbatan pul yuviş işi böyiça tergovni töxtatdi. Bu haqda uning advokatlariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
«Biz doim öz mijozimizning aybsiz ekanini ta’kidlab kelganmiz», — deydi Wannemacher & Partner yuridik firmasi advokatlari. Ular mazkur voqeani 71 yoşli Usmonovning obrösini himoya qilişdagi muhim qadam deb atadi.
Bloomberğning milliarderlar indeksi ma’lumotlariga köra, Alişer Usmonovning boyligi hozirda 14,4 milliard dollarni taşkil etadi. Uning advokatlariga köra, 2,5 yildan ortiq davom etgan tergov unga qarşi ayblovlar, jumladan, pul yuvişga oid ayblovni isbotlay olmagan.
Usmonov Yevropa sudlarida özini muvaffaqiyatli himoya qilmoqda. Mart oyida Hamburg sudi Forbes naşriga oligarx Vladimir Putinning «yaqin odami» ekani va «uning biznes muammolarini hal qilgani» haqida ma’lumot tarqatişni taqiqlagan edi. Şu bilan birga, keyinçalik, uning advokatlari Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boşqarmasi va şved iqtisodçisi Anders Oslundning Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova haqidagi tvitlarini öçirişga erişgani ma’lum böldi.
Oktyabr boşida Hamburg şahri sudi rossiyalik oligarx Alişer Usmonovning Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi (FIE) hakamlariga pora bergani haqidagi ma’lumotlarni tarqatişni taqiqladi.
Alişer Usmonov 2022 yilning fevralida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostiga tuşgan edi. Öşa yilning kuzida Myunxen prokuraturasi YeI tomonidan joriy etilgan çeklovlarga ters ölaroq, biznesmen özining Germaniyadagi mol-mulklariga qarab turiş uçun qöriqlaş firmasiga tölov qilgani haqida bayonot bergan edi. Germaniyaning turli şaharlarida biznesmenga tegişli deb qaraladigan köçmas mulk obektlarida tintuvlar ötkazilgan. 2023 yilning may oyida Frankfurt şahridagi Yer sudi tintuv uçun berilgan bu orderlar noqonuniy bölgani, çunki «heç narsa bilan mustahkamlanmagan farazlar» asosida berilgani töğrisida qaror çiqargandi.

















