Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Xitoy vakilining Jiddaga kelgani Ukraina ittifoqchilarini ruhlantirdi
FT suhbatlashgan Yevropa rasmiylari Xitoyning Saudiya Arabistonidagi Ukraina «tinchlik formulasi» bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etganini konstruktiv deb atadi.
Foto: Reuters
Xitoy Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha keyingi xalqaro muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ochiq aytdi. Bu haqda 7 avgust, dushanba kuni Financial Times nomi oshkor etilmagan yevropalik rasmiylarga tayanib yozmoqda.
Nashr suhbatdoshlari Xitoyning Saudiya Arabistonida Ukraina «tinchlik formulasi» bo‘yicha muzokaralarda «konstruktiv» ishtirokini olqishladi. Yevropalik diplomatlardan biri Xitoy «konstruktiv ko‘rinishda» va «u Rossiya emasligini ko‘rsatishga intilayotganini» aytdi. «Xitoyning qatnashishi Rossiyaning tobora yakkalanib borayotganini ko‘rsatadi», dedi u.
Boshqa bir yevropalik rasmiy Xitoy «faol ishtirok etgani va ushbu darajadagi uchinchi uchrashuv g‘oyasini olqishlaganini» aytdi.
5-6 avgust kunlari Jidda shahrida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar darajasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv hech qanday aniq o‘zgarishlarsiz yakunlandi, deya qayd etadi FT. Ammo avvalroq Kopenhagendagi bunday muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgan Pekinning mavjudligi Kiyev yo‘nalishidagi burilish nuqtasi sifatida qabul qilindi va tadbir ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
Rasmiy Pekin bu uchrashuvga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
08:56
Xitoy dronlarni havoda quvvatlantirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026