7 avgust kuni “Tashabbusli budjet”ning 2023 yil 2-mavsumiga loyihalar kiritish bosqichi yakunlandi. Bu bosqich 17 iyulda boshlangandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, bu mavsum doirasida respublika bo‘ylab 9 426 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq jami 49 464 ta loyiha ilgari surilgan.

Kelib tushgan loyihalar har bir tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan ishchi komissiyalar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda 20 kun davomida saralab olinadi.

Saralashdan o‘tgan loyihalar 27 avgustdan boshlab ovozga qo‘yiladi. G‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga tuman (shahar) budjetlaridan jami 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Takliflarning 15 140 tasi (31%) ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid. 14 835 ta taklif (30%) mahalla hududini obodonlashtirish tadbirlariga qaratilgan. Maktablar bo‘yicha 6820 ta (14%), bog‘chalar bo‘yicha 3024 ta (6%), tibbiyot muassasalari bo‘yicha 3100 ta (6%) taklif kelib tushgan. Ma’lumot uchun, 2023 yil 1-mavsumda eng ko‘p maktablarga oid loyihalar g‘olib bo‘lgandi.

Tashabbus bildirish bo‘yicha Surxondaryo viloyati boshqa hududlardan yaqqol ajralib turibdi. Viloyatdagi 238 ta mahalladan jami 12 279 ta taklif kelib tushgan. Bu – jami tashabbuslarning 25 foiziga teng. Taqqoslash uchun, bu borada 2-yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, poytaxtliklar portalga 4020 ta taklif kiritishgan.

Surxondaryoliklar doimiy ravishda taklif kiritish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab kelmoqda. 2022 yilgi 2-mavsumda viloyat aholisi 13 691 ta (jami tashabbuslarning 22 foizi), 2023 yilgi 1-mavsumda 9593 ta