Ukrainada urushning 531-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Bosh prokuraturasi va IIV rossiyaliklarni harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yishga majbur qilgan firibgarlik sxemasi haqida e’lon qildi.
  • Polsha Belarus bilan chegaraga qo‘shimcha harbiylar yubordi, rasmiylar bu hududga «Vagner» XHK yollanma jangchilari o‘rnasha boshlaganidan keyin chegarani mustahkamlashga qaror qilgan.
  • AQSh Ukrainaga Abrams tanklarining ilk partiyasini yuborishni ma’qulladi.
  • Pokrovsk o‘qqa tutilib, kamida yetti kishi halok bo‘lganining ertasiga Rossiya mudofaa vazirligi bu hududda Ukraina qo‘shinlari guruhining «oldingi boshqaruv punkti»ga zarba berilganini ma’lum qildi. Ukraina QK general Konashenkovning bu bayonotini yolg‘on deb atadi.
  • Ayrim z-blogerlar ukrainlarning bir necha o‘n jangchidan iborat bo‘linmasi Dnipro daryosining chap sohilidagi Kazachi Lagerga kirib kelgani haqida xabar berdi. U yerda aynan nimalar bo‘layotgani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Rossiyadagi manbalar ushbu aholi yashash manzili Rossiya armiyasi nazoratida ekanini, ammo ukrain harbiylari chindan ham daryoning bu sohilida bo‘lib turganini aytmoqda; ukrain manbalari esa bu haqda hech narsa demayapti.
  • Belgiya va Germaniyadagi nashrlar nemislarning Rheinmetall harbiy-sanoat konserni Belgiya firmasidan Leopard-1 rusumli 50 dona eski tankni sotib olib, ulardan taxminan 30 ta jangga yaroqli tank tayyorlab, qaytadan jihozlab, Ukrainaga yuborayotgani haqida xabar berdi.

Ukraina QK artilleriya pozitsiyasini pana qilib turgan pulemyotchi

Ukraina QK artilleriyachilari «Grad»tizimidan Rossiya qo‘shinlarining Baxmut atrofidagi okoplariga zarba berayotgan mahalda ukrainalik jangchi pulemyoti bilan ularni himoya qilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain tankchilari 

Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida turgan ukrainalik tankchi