Bu natija 2022 yilga nisbatan 8 pog‘onaga oshgan. 2022 yilda O‘zbekiston 69,9 indeks bilan 77 o‘rinda qayd etilgan edi.

2023 yilgi SDG index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan:

— mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish;
— sog‘liq saqlash va farovonlikni ta’minlash;
— sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
— gender tengligiga erishish;
— toza suv va sanitariya;
— sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma;
— shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish;
— iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish;
— tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
— barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik.