Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Farg‘ona azot»ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi
Termiz tumanida «Farg‘ona azot»ga qarashli ko‘mir saqlanadigan omborxona yonib ketdi. Yong‘in vaqtida omborda mineral o‘g‘itlar bo‘lmagan.

Foto: Videodan kadr
9 avgust kuni tushdan so‘ng Surxondaryo viloyati Termiz tumanida «Farg‘ona azot» AJga qarashli omborxonalardan birida yong‘in chiqdi. FVV bu bo‘yicha tuman boshqarmasiga xabar kelib tushganini ma’lum qildi.
Yong‘in oqibatida taxminan 70−80 kvadrat metr maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir yonib zararlangan. Uni o‘chirishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, 5 daqiqada yong‘inni qurshab oldi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt ketdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
«O‘zkimyosanoat» matbuot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, yong‘in vaqtida omborda mineral o‘g‘itlar bo‘lmagan.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Farg‘onaazot» AJ omborining 6 ta boksida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in paytida omborda ko‘mir mahsuloti bo‘lgan. Hozirda, mazkur holat va yong‘inning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi», deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

12:32
Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi

21:20 / 11.07.2025
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi

10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03 / 11.07.2025