Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda AQShga ishga yuborish evaziga 51 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 51 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
08:21 / 04.06.2026