Antibiotiklarga çidamlilik paydo bölişining asosiy sababi hali ham dorilardan notöğri foydalaniş bölib qolmoqda. Şu bilan birga, sönggi ma’lumotlar şuni körsatmoqdaki, muammo havo ifloslanişi bilan yanada kuçayişi mumkin.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ta’kidlaşiça, antibiotiklarga çidamlilik aholi salomatligiga tahdid soluvçi 10 ta asosiy global xavfdan biridir.

Tadqiqotçilar yigirma yil davomida yuzdan ortiq mamlakatdan yiğilgan ma’lumotlardan foydalangan. Ularning tadqiqot işi natijasi Lancet Planetary Health jurnalida çop etilgan.

Yigirma yil davomida yuzdan ortiq mamlakatlardan olingan ma’lumotlarga asoslangan tahlil havo ifloslanişining oşişi barça mamlakatlar va qit’alarda antibiotiklarga çidamlilikning oşişi bilan boğliqlikka egaligini körsatgan.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, bu boğliqlik «antibiotiklarga çidamli bakteriyalarning köpçiligi uçun butun dunyo böylab bir xil» bölgan.

Tadqiqot şuni körsatganki, dvigatellarda yonilğining yonişi natijasida hosil böluvçi, öpka va qonga kirişi mumkin bölgan mayda zarraçalar (PM2.5) soni havoda köpayişi bilan baravar organizmda antibiotiklarga çidamlilik ortadi.

«Vaqt ötişi bilan bu aloqa mustahkamlandi va PM2.5 darajasidagi özgarişlar sönggi yillarda çidamlilikning yanada sezilarli ösişiga olib keldi», deydi tadqiqotçilar. Ayniqsa, Şimoliy Afrika, yaqin Şarq va Janubiy Osiyoda havo tarkibidagi zarraçalar va antibiotiklarga çidamlilikning yuqori darajasi aniqlangan.

Tadqiqotçilar aytişiça, qölga kiritilgan natijalar ekologiya nuqtayi nazaridan çidamlilikka qarşi kuraşişning yangi yöllarini oçib beradi.

«Antibiotiklarga çidamlilik va havo ifloslanişi öz-özidan dunyo aholisi salomatligiga eng jiddiy tahdidlardan biridir», deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Çjetszyan universiteti professori Xon Çen.

«Şu paytga qadar biz bu ikki omil örtasidagi ehtimoliy özaro boğliqlik haqida aniq tasavvurga ega emas edik, ammo bizning işimiz şuni körsatadiki, havo ifloslanişini nazorat qiliş ikki tomonlama foyda keltirişi mumkin: bu nafaqat past sifatli havoning zararli oqibatlarini kamaytiradi, balki çidamli bakteriyalar köpayişi va tarqalişiga qarşi kuraşda ham muhim rol öynaydi», deydi olim.