Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshavada mingdan ortiq belaruslik ishtirokida aksiya o‘tkazildi
Varshavadagi «Dzen salіdarnassі» aksiyasi ishtirokchilari Ukrainadagi urushga qarshi chiqdi va Belarusda siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi. DW muxbirining xabar berishicha, tadbirga mingdan ortiq namoyishchi qo‘shilgan.
9 avgust, chorshanba kuni Varshavada Yevropa Ittifoqi soxtalashtirilgan deb hisoblagan Belarusdagi prezidentlik saylovlari va undan keyingi norozilik va repressiyalarning uch yilligiga bag‘ishlangan «Dzen salіdarnassі» aksiyasiga mingdan ortiq namoyishchi chiqdi.
Mitingda 2020 yilda mashhur bo‘lgan shiorlar yangradi, ulardan biri: «Biz unutmaymiz, kechirmaymiz», deya xabar bermoqda DW muxbiri. Ishtirokchilar Ukrainadagi urushga qarshi chiqdi va noqonuniy sudlanganlarni ozod qilishga chaqirdi. Huquq faollariga ko‘ra, Belarusda 1500 ga yaqin odam siyosiy mahbus deb tan olingan.
Belaruslik muxolifatchi Pavel Latushko mitingda rejimga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettirish va Aleksandr Lukashenkoni hibsga olish uchun xalqaro order berilishini talab qilish zarurligini aytdi.
Gdanskdagi aksiya
Xuddi shunday aksiya Gdanskda ham bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar shaharning tarixiy markazidan Yevropa birdamlik markazigacha piyoda yurib keldi. DW muxbirining so‘zlariga ko‘ra, aksiyada 500 ga yaqin odam to‘plangan. Mitingda belarus shoiri Andrey Xadanovich ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirlar Litva, Gurjiston, Chexiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, AQShda bo‘lib o‘tdi.

Tixanovskaya: Biz hech qayerga ketmaymiz
Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Vilnyusdagi mitingda nutq so‘zladi, deb xabar beradi Belarusning Zerkalo.io («Zerkalo») internet portali.
«Biz xalqimiz bilan faxrlansak bo‘ladi. Xalqimiz ozodlikka irodasini namoyon etdi, - dedi u. - Uch yildan beri bu iroda yo‘qolmadi. Repressiyalarga qaramay. Ommaviy majburiy muhojirlikka qaramay. Men dushmanlarimizga aytmoqchiman: biz hech qayerga ketmaymiz».
Avvalroq, DW nashriga bergan intervyusida prezidentlikka sobiq nomzod Tixanovskaya: «Ukraina g‘alaba qozonishi kerak va u g‘alaba qozonadi, keyin belaruslar uchun yangi imkoniyatlar oynasi ochiladi», deb ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:10 / 31.05.2026
O‘zbekiston jamoasi futbol bo‘yicha mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
09:43 / 02.01.2026
Varshava aeroportida Ukraina fuqarosi radiosignal to‘suvchi qurilma bilan ushlandi
15:32 / 24.12.2025