Oş tuzi yodlangan bölişi şart — bu talab dunyoning köplab mamlakatlarida amalda. JSST ma’lumotlariga köra, Yer yuzi aholisining 1/3 qismi organizmda yod tanqisligiga duçor bölgan, ularning 31 foizi maktab yoşidagi bolalar. 

Tibbiyot fanlari doktori Dilorom Tursunova yod tanqisligi keltirib çiqaradigan asoratlar haqida ma’lumot berdi. 

— Bu global muammoning samarali va arzon yeçimi sifatida oş tuzini yodlaş amaliyotidan keng foydalanilmoqda. Çunki, tanada uşbu moddaning kamayişi endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va çaqaloqlar ölimining köpayişiga sabab böladi, dedi şifokor. 

Bundan taşqari, yod tanqisligi tuğma kasalliklar darajasini oşirişi, homila va çaqaloqlarda miyaning qaytarilmas şikastlanişi, intellektual salohiyatning pasayişiga ham olib kelişi mumkin. 

Qayd qilinişiça, organizm uçun zarur miqdordagi yodni turli dengiz mahsulotlarini iste’mol qiliş yöli bilan ham oliş mumkin. Biroq köplab mintaqalar, xususan, Markaziy Osiyoda ham bunday ne’matlar yetişmaydi. 

Şu sababli, Özbekistonda «Aholi örtasida mikronutriyent yetişmasligi profilaktikasi töğrisida»gi qonun qabul qilingan. Unda davlat standarti talablariga köra, oş tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda bölişi belgilangan. 

Sifatli oş tuzining qadoğida quyidagilar aks etgan bölişi kerak:

- işlab çiqargan taşkilot nomi;

- tovar belgisi va mahsulot nomi;

- uning navi va yançiliş darajasi;

- işlab çiqarilgan sanasi,

- normativ hujjat nomi,

- yaroqlilik muddati,

- yodlaş qöşimçasi nomi hamda boşqa bir qator ma’lumotlar. 

Oş tuzining saqlaniş harorati 28 darajadan oşmasligi lozim. 

Qotib qolgan, nam tortgan, begona hidlarga ega, yaroqlilik muddati ötgan, qadoqlari buzilgan oş tuzining foydali xususiyatlari yöqolgan böladi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi.  

Oş tuzi — inson tanasiga natriy yetkazib beruvçi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanişi va qon bosimini boşqariş, asab tizimi hamda muşaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlaydi.