«2023 yil 15 iyundan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston va tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagi yopib qo‘yilganidan so‘ng, oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i kabi zaruriy tovarlarning haddan tashqari taqchilligi yanada kuchaydi», — deyiladi Armanistonning BMTdagi doimiy vakili Mger Margaryan BMT Xavfsizlik kengashi raisiga yo‘llagan maktubda.

2023 yil 23 aprelda Boku Xakari ko‘prigida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi va buni «inson kuchi, qurol-yarog‘ va minalarni noqonuniy tashishning oldini olish» zarurati bilan izohladi. 

Armaniston qonunbuzarlik haqidagi da’volarni qat’iyan rad etib, Ozarboyjon 2020 yilgi sulh bitimini qo‘pol ravishda buzayotganini bildirdi. 

Shu bilan birga, Yerevan Rossiyani o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi, unga ko‘ra, Lochin yo‘lagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lishi kerak.