Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram o‘n yilligi munosabati bilan barcha uchun stories joriy etishga va’da berdi
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer o‘n yilligi munosabati bilan nafaqat premium obunachilar, balki barcha foydalanuvchilar uchun stories bosqichma-bosqich joriy etilishini ma’lum qildi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, bu Telegram uchun yangi bosqichning boshlanishi bo‘ladi, chunki u xabarlar almashinuvi doirasidan tashqariga chiqadi va umuman ijtimoiy tarmoqlar innovatsiyasiga yetakchilik qiladi.
Telegram messenjeri foydalanuvchilari bir oy oldin faqat premium obuna uchun pul to‘laganlarga joriy qilingan stories formatidan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin bo‘ladi. Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z akkauntida messenjer o‘n yilligi kuni, 14 avgustda foydalanuvchilarga murojaat qilib, «barcha uchun stories bosqichma-bosqich joriy etilishi»ni bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «barcha foydalanuvchilar uchun stories’ni bosqichma-bosqich joriy etish» Telegram tarixidagi yangi bosqichning boshlanishini ko‘rsatadi – bunda u «xabar almashishdan doirasidan chiqib, umuman ijtimoiy tarmoqlarda innovatsiyalarga yetakchilik qilishi» kerak. «O‘tgan o‘n yillik hayajonli o‘tgan bo‘lsa-da, keyingi 10 yil Telegram o‘zining haqiqiy salohiyatini ochib beradigan vaqt bo‘ladi», deb yozadi milliarder.
Telegram asoschisining aytishicha, messenjer 10 yil ichida «faqat og‘zaki so‘z tufayli» 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega bo‘lgan. «Yillar davomida ko‘plab yangilanishlar va yaxshilanishlar bilan Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo‘lishi kerakligini qayta belgilab berdi», deb yozdi u. «Biz o‘z mashhurligimizdan milliardlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish, sayyoramizdagi odamlarni ilhomlantirish va yuksaltirish uchun foydalanishimiz kerak», dedi Durov.
Iyun oyi oxirida Telegram asoschisi iyul oyidan boshlab barcha messenjer foydalanuvchilari uchun stories funksiyasi ishga tushirilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer jamoasi dastlab stories’ga qarshi edi, chunki ular «allaqachon hamma joyda joriy etib bo‘lingan». Telegram asoschisi messenjer jamoasi foydalanuvchilarga quloq tutib, mavjud formatga o‘z yangiliklarini kiritganini aytdi. Stories bilan Telegram hozirgidan ham qiziqarliroq va ijtimoiyroq bo‘ladi», degan milliarder o‘sha paytda.
Durov bir yil ichida rossiyalik eng ko‘p pul yo‘qotgan milliarderga aylandi - uning boyligi 3,6 milliard dollarga kamaydi. Durov 2022 yilda Rossiyaning Forbes reytingida egallagan uchinchi o‘rindan bu yil 11,5 milliard dollar boyligi bilan o‘ninchi o‘ringa tushib ketdi.
Global Forbes ro‘yxatida u 14 avgust kuni 150-o‘rinni egalladi. Durovning o‘zi Amerikaning Forbes jurnalidan uni rossiyalik milliarder demaslikni so‘radi. Tadbirkorning vakili Durov Rossiyani ko‘p yillar oldin tark etgani va qaytib kelmoqchi emasligini aytdi. Forbes USA Durovni BAAdan bo‘lgan tadbirkor deb hisoblaydi: u ushbu mamlakatning eng boy tadbirkorlari orasida birinchi o‘rinni egallaydi, bundan Forbes Real-Time reytingi darak bermoqda.
Mavzuga oid
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026