Ekvadorda bir hafta ichida ikkinchi siyosatchi saylovlar oldidan o‘ldirildi
«Fuqarolik inqilobi» harakati yetakchilaridan biri o‘z uyi yonida otib o‘ldirilgan. Bundan bir necha kun oldin Ekvadorda prezidentlikka nomzod otib ketilgan edi.

Foto: Twitter/PaolaCabezasC
Ekvadorning Esmeraldas provinsiyasidagi «Fuqarolik inqilobi» so‘l siyosiy harakati yetakchisi Pedro Briones uyi yaqinida noma’lum kimsalar tomonidan otib o‘ldirildi, deb xabar berdi uning partiyadosh safdoshlari 14 avgust, dushanba kuni.
«Fuqarolik inqilobi» partiyasidan prezidentlikka nomzod Luis Gonsales marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. «Ekvador o‘zining eng qonli davrini boshdan kechirmoqda. Bu beparvo hukumat va mafiya tomonidan egallab olingan davlatning umumiy harakatsizligi tufayli yuz bermoqda. Men bu zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan Pedro Brionesning oilasiga hamdardlik bildiraman», - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Ekvadorda prezidentlikka nomzod o‘ldirildi
Bir necha kun oldin mamlakatda yana bir siyosatchi - «Saf» harakatidan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisenso o‘ldirilgan edi. El Universo gazetasining yozishicha, Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan so‘ng uning boshiga uch marta o‘q uzilgan.
20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
-
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 10:30
Mavzuga oid

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025