O‘zbekistonda davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Davlat aktivlarini sotish uchun xalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
«Norma» portali ma’lumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq davlat aktivlarini sotish uchun davlat komissiyasini qaroriga asosan xalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar jalb etiladi.
Eng yaxshi takliflar xarid komissiyasi tomonidan xarid tartib-taomillariga asosan tanlab olinadi.
Tanlov hujjatlari (shartnoma loyihasi, texnik topshiriq va boshqalar) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi, xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertizasi markazi” DUKga yuboriladi.
Ekspertizadan so‘ng tanlov haqida ma’lumot Davaktiv agentligining saytida tanlov o‘tkazish kunidan kamida 15 kun oldin e’lon qilinadi. Tegishli takliflar Davaktiv agentligining sayti orqali qabul qilinadi.
Shuningdek, xalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar quyidagi mezonlardan kelib chiqib tanlab olinadi:
- malakaviy talablar:
- nomzodning davlat aktivlarini sotish muddatlariga mos kelishi;
- nomzodning ish tajribasi, ushbu sohada imzolangan bitimlari haqida ma’lumot;
- nomzod tomonidan jalb qilinayotgan jamoa/mutaxassislar (malakasi ) to‘g‘risida ma’lumot;
- nomzodning davlat aktivlarini sotish bo‘yicha ish rejasi;
- narx mezoni:
- nomzod taklifining narx qiymati (operatsion xarajatlar va QQSni hisobga olgan holda).
Hujjat 11 avgust 2023 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
14:36 / 07.01.2025
London Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevga topshirishga chaqirdi
12:00 / 19.10.2024
Rossiya «do‘st bo‘lmagan» davlatlar kompaniyalariga aktivlarini sotishni qiyinlashtiradi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
11:02 / 20.08.2024