Kiyevning Şevçenko tuman sudi Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») sobiq xodimi general-mayor Valeriy Şaytanovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 14 avgust, duşanba kuni «SBU» va Ukraina Boş prokuraturasi matbuot xizmatlari ma’lum qildi.
Ilgari «A» maxsus operatsiyalar markazini boşqargan Şaytanov davlatga xiyonat qiliş, terroristik harakatga uriniş, şuningdek, öqotar qurol, öq-dorilar yoki portlovçi moddalar bilan noqonuniy muomalada bölişda aybdor deb topildi. Sud qamoq muddatidan taşqari işda iştirok etgan şaxsning mol-mulkini musodara qilişni belgiladi.
«Bobil» laqabli «FSB» agenti
Iş materiallaridan ma’lum bölişiça, Şaytanov «Bobil» taxallusi ostida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») polkovnigi Igor Yegorov bilan yaşirin aloqada bölgan. «Elbrus» çaqiruv belgisi ostida işlagan Yegorov 2014 yil yozida Donbassdagi harakatlar taşkilotçilaridan biri bölgan, deya ta’kidlaydi «SBU».
Tergovçilar, şuningdek, Şaytanov «aksilterrorçilik operatsiyalari hududidagi maxfiy operatsiyalar va ularda iştirok etgan xodimlar, «SBU» tezkor xodimlari va aksilrazvedka xodimlari töğrisida»gi ma’lumotlarni töplagan va Rossiya tomoniga topşirganligini aniqladi.
Bundan taşqari, Rossiya maxsus xizmatlari körsatmasi bilan mahkum «SBU» sobiq harbiylari orasidan terrorçilik harakatini sodir etiş uçun şaxslarni qidirgan, deyiladi Ukraina Boş prokuraturasi bayonotida. Uning maqsadi «2015 yil fevralidan Ukraina şarqidagi uruş paytida Johar Dudayev nomidagi xalqaro tinçlikparvarlar bataloniga rahbarlik qilgan Çeçeniston Içkeriya Respublikasi qurolli kuçlari mayorini» öldiriş edi.
«SBU» Şaytanovni 2020 yilda qölga olgan
Şaytanov 2020 yil aprel oyida «SBU» aksilrazvedkasi tomonidan ötkazilgan köp bosqiçli maxsus operatsiya natijasida qölga olingan edi. Öşanda u Rossiya maxsus xizmatlari körsatmasi bilan Ukraina tomonida Donbassda jang qilgan çeçen qömondoni Adam Osmayevni öldirişga tayyorgarlik körgani ma’lum böldi.

















