Hujjatga muvofiq, endilikda o‘z faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatayotgan tadbirkorlik sub’yekti, shu jumladan, YaTT, ro‘yxatga oluvchi organga quyidagilarni taqdim etish majburiyatidan ozod etilmoqda:
- hisob raqami yopilganligi haqida ma’lumotnoma. Ushbu ma’lumot bank tomonidan axborot tizimiga yuklanadi;
- o‘ziga tegishli bo‘lgan muhr va shtamplarni.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2023 yildan kuchga kirdi.










