Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:42 / 16.08.2023
2261
1 daqiqa o‘qiladi
1 sentabrdan boshlab «Yong‘indan ogohlik» umummilliy kampaniyasiga start beriladi
Joriy yil 1 sentabrdan boshlab "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasiga start beriladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Shu yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar respublikada "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida:
- yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumida respublikada tashkil etilgan jami 1311 ta statsionar oromgoh, sog‘lomlashtirish maydonchasi, pansionat va sanatoriyda Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari va kuch-vositalari tomonidan tun-u kun xizmat tashkil etildi;
- o‘ta muhim, toifalangan va yong‘in-portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda nosoz holga kelgan 112ta suv hovuzi, 173 ta gidrantlar tuzatildi, ushbu obektlar 56 ming 673 kvadrat metr maydondagi yonishga moyil qurigan o‘simliklar va chiqindilardan tozalandi.
Obektlarda o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida 950 ta bino va inshootlarda, 2 ming 661 ta nosoz elektr qurilmalarida yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:23
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026