«Bizning dardimiz juda oğir». Dunyo yetakçilari «Tolibon» bilan muloqot boşlaşi kerakmi?
|15:37 / 16.08.202334 97711 min
Afğonistonda hokimiyat tepasiga «Tolibon» kelganiga ikki yil böldi, biroq dunyoning heç bir davlati ularning hukumatini rasman tan olgani yöq.
Foto: NAVA JAMSHIDI/BBCFoto: NAVA JAMSHIDI/BBC
Hatto «Tolibon» bilan muloqot örnatişga urinişlar ham bahsli masala bölib qolmoqda. Ba’zilarning fikriça, agar «Tolibon» bilan aloqa örnatilsa, bu özgarişlarga erişişga yordam beradi. Boşqalarning ta’kidlaşiça esa, ular heç qaçon özgarmaydi va ular bilan gaplaşişdan ma’no yöq.
Butun dunyo Afğonistonning yangi hukumati bilan qanday munosabatda bölişni hal qilar ekan, siyosiy kuraşda ayollar huquqlari birinçi öringa çiqqan: mamlakatda hatto gözallik salonlari ham yopilgan.
Kosmetolog Sakina pardalari mahkam tortilgan, xira yoritilgan xonada ötiradi. Uning yonida lab qalamlari va yaltiroq palitralar bor. Sakina nega unga öxşagan ayollar siyosiy savdolar predmeti bölgani haqida gapirgan.
«Tolibon» ayollarga bosim ötkazmoqda, çunki ular bu orqali xalqaro hamjamiyatni öz hokimiyatini tan olişga majburlamoqçi», deydi u Kobuldagi yangi maxfiy salonida.
Ikki hafta oldin hukumat mamlakatdagi barça ayollar gözallik salonlarini yopiş töğrisida buyruq berganidan söng Sakina yaşirinça işlaşga ötişga majbur böldi. Uşbu farmon Afğonistondagi ayol va qizlar hayoti va erkinligiga nisbatan çeksiz köringan yangi çeklovlarning oxirgisi böldi.
Sakina «Tolibon»ga qanday yondaşuv iş berişi mumkinligini bilmaydi.
«Agar dunyo «Tolibon»ni qonuniy hukumat deb tan olsa, ular yoki bizga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşi yoki aksinça, uni yanada kuçaytirişi mumkin», deydi u uşbu qiyin dilemmaning barça munozaralariga xos bölgan noaniqlik va xavotir bilan.
«Tolibon» Afğonistondagi ayollar huquqlari kabi masalalar xalqaro hamjamiyatga taalluqli bölmagan mamlakatning mutlaq içki işi ekanini ta’kidlaydi.
«Faqat şu masalaning öziga e’tibor qaratiş, bu şunçaki bahona», degan «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid.
Mujohid BBC naşri savollariga harakatning oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda istiqomat qiladigan Qandahor şahridan turib javob bergan.
Mujohidning da’vo qilişiça, amaldagi hukumat allaqaçon tan olinişi kerak edi.
«Biz alohida sohalarda muvaffaqiyatga erişdik va bu masalani ham hal qilamiz», deya işontirgan u.
Qanday muloqot olib boriş lozim?
Mavzuga oid
«Tolibon» bilan muloqot qiliş yoki qilmaslik haqidagi dilemma butun dunyo böylab Afğoniston kelajagi haqida qayğuradigan köplab insonlar guruhlari uçun asosiy tösiq bölmoqda.
Ular orasida 2021 yil 15 avgustda, «Tolibon» ikkinçi marta hokimiyat tepasiga kelganida, mamlakatni tark etişga majbur bölgan ğazabga töla va hali ham öziga kelmagan afğon diasporasi bor.
«Gaplaşmang», deyiş oson. Ammo gapirmasangiz, unda buning örniga nima qiliş kerak?» deb söraydi Fotima Gayloniy. U «Tolibon» hokimiyatni qölga kiritguniga qadar ular bilan muzokara olib borişga uringan Afğoniston jamoasidagi tört ayoldan biri.
Oxirgi hukumat qulagandan söng, Fotima sahna ortidagi aloqa örnatiş uçun urinişlarda iştirok etgan.
«Bizga yana bir uruş kerak emas», deydi u, hozirgi rejimni kuç bilan ağdariş umidida bölgan sobiq harbiy rahbarlarning izohlariga işora qilib.
Afğonistonda qaşşoqlik çuqurlaşib borarkan, Kobulda yanada köproq oilalar tekin oziq-ovqatga ehtiyoj sezadi
Foto: NAVA JAMSHIDI/BBC
Diasporaning boşqa vakillari esa, aksinça, «Tolibon»ga yanada köproq bosim ötkazişga, xususan, qöşimça sanksiyalar joriy qiliş va çegaralarni kesib ötişni taqiqlaş orqali ularni yakkalab qöyişga çaqirmoqda.
«Muloqotdan nima ma’no?» deydi ayollar boşçiligidagi, quvğindagi Zan Times naşri boş muharriri va asosçisi Zahra Nodir.
«Ular kim ekani va qanday jamiyat qurmoqçiligini körsatdi», deya qöşimça qiladi u.
Muloqot örnatişga urinayotgan diplomatlar «Tolibon» bilan aloqa qiliş uni qonuniy hukumat sifatida tan olişni anglatmasligini ta’kidlamoqda. Şu bilan birga, ular bu borada hali sezilarli yutuqlarga erişilmaganini qayd etgan.
«Tolibon»ning keksaygan ultra-konservator oliy rahbari tomonidan çiqarilayotgan eng ekstremal farmonlar bilan boğliq norozilik belgilari (harakatning yuqori martabali rahbarlari orasida ham bu sezilarli) ularga zaif umid berişda davom etmoqda.
«Agar biz yeçim topiş qobiliyatini körsatmasak va muloqot qilişni xohlagan afğonlarni suhbatga jalb qilmasak, biz bu imkoniyatni qöldan boy beramiz va aholining katta qismini qamoqda saqlamoqçi bölganlarga töliq harakat erkinligini beramiz», deydi örta darajadagi «Tolibon» vakillari bilan sönggi uçraşuvlarda qatnaşgan ğarblik diplomat.
«Qattiq işonçsizlik va hatto nafrat»
Manbalar tarkidunyoçi Oxunzoda yaqinda Qatar boş vaziri Muhammad ibn Abdulrahmon Ol Soniy bilan uçraşuv ötkazganiga işora qilmoqda. Bu «Tolibon» oliy rahbarining xorijlik rasmiy şaxs bilan birinçi uçraşuvi böldi.
Ularning suhbati mazmunidan xabardor diplomatlarning aytişiça, munozaralar ta’lim va ayollar huquqlari masalasida tomonlarning qaraşlarida katta tafovut borligini tasdiqlagan. Şu bilan birga, tomonlar asta-sekin bölsa-da, umumiy til topiş imkoniyatlarini körsatdi, deya qöşimça qiladi diplomatlar.
«Tomonlar örtasida qattiq işonçsizlik va hatto nafrat bor. Ular yillar davomida bir-biri bilan jang qildi. «Tolibon» Ğarb hali ham uning xalqini axloqiy jihatdan buzmoqçi deb öylaydi, Ğarb esa «Tolibon»ning ayollar huquqlariga oid siyosati va avtoritar boşqaruv uslubini yoqtirmaydi», — deydi Germaniyada röyxatdan ötgan «Afğoniston böyiça tahlilçilar tarmoği» mustaqil tadqiqot taşkiloti vakili Keyt Klark.
Uning qayd etişiça, tomonlar örtasida qaraşlarda keskin farq bor: «Ğarb «Tolibon» hukumatini tan oliş masalasiga yon beriş sifatida qaraşi mumkin, «Tolibon» esa buni öz huquqi deb biladi: ular qudratli AQŞni mağlub etib, ikkinçi marta hokimiyatga qaytganidan keyin Alloh tomonidan ularga mamlakatni boşqariş huquqi berilgan deya hisoblaydi.
Toliblar Afğonistondagi dökonlar egalariga ayol manekenlarning boş qismini olib taşlaşni buyurgan
Foto: NAVA JAMSHIDI/BBC
Taşqi kuçlar öz tanqidlarini taraqqiyotni, xususan, mamlakat daromadlarini oşirgan korrupsiyaga qarşi kuraşni maqtaş bilan muvozanatlaştirmoqda. Bundan taşqari, xorijliklar «Tolibon»ning IŞID guruhlari tomonidan keluvçi xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etiş böyiça ba’zi sa’y-harakatlarini qayd etmoqda.
Ğarb mamlakatlari musulmon davlatlari va diniy ulamolari ularning barçasi uçun umumiy xavf bölgan islomni ekstremistik talqin qiliş masalalarida «Tolibon»ga ta’sir ötkaza olişiga umid qilmoqda.
Ammo şu bilan birga, taktika qat’iylaşuvi kuzatilmoqda.
Hatto BMT ham endilikda «gender aparteid» haqida gapirmoqda. «Tolibon» ayollar ustidan nazoratni şu qadar kuçaytirganki, ularga jamoat xiyobonlari, ayollar sport zallari va gözallik salonlariga borişni taqiqlagan.
Ayni paytda BMTda insoniyatga qarşi jinoyatlari uçun «Tolibon»ga nisbatan sud işini işlab çiqiş çoralari körilmoqda.
Afğonlar uçun oqibatlar
Jahon hamjamiyati qarama-qarşi signallarni yuborayotgani hamda Ğarb va Afğonistonning mintaqadagi qöşnilari örtasida vaqti-vaqti bilan kelişmovçiliklar sodir bölayotganiga qaramay, dunyoda ba’zi «qizil çiziqlar», jumladan, tuzumni tan oliş masalasida kamdan kam birlik kuzatilmoqda.
Hatto Rossiya va Xitoy ham bu yerda qolganlardan farq qilmaydi.
Vaziyatning umidsizligi oddiy afğonlar uçun dahşatli oqibatlarga olib keladi.
BMTning sönggi hisobotida ularning insonparvarlik xayriya mablağlari donorlar kamayib borayotgani sababli 2023 yil iyul oyi oxiriga kelib faqatgina törtdan bir qismga moliyalaştirilgani qalin harflar bilan ta’kidlangan. Borgan sari köproq afğonlar oç holda uyquga ketmoqda.
BMT ma’lumotlariga köra, afğon oilalarining qariyb 84 foizi hozirda faqat oziq-ovqat sotib oliş pul oladi.
Mamlakatda IŞID kabi boşqa radikal guruhlar ta’siri kuçayib borayotganidan ham xavotirlar mavjud.
Ammo «Tolibon» hukumati rang-barang kartinani çizmoqda. Rasmiy tan olinmaganiga qaramay, uning vakillari — an’anaviy salla va yaktaklarda — köplab poytaxtlardagi uçraşuvlarda qatnaşib, dunyodagi eng köp parvoz qiluvçi yölovçilar qatoriga kirdi.
Taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amirxon Muttaqiy deyarli har kuni Kobulda delegatsiyalarni töliq protokol böyiça, jumladan, bayroqlar bilan va haşamatli zallarda rasmiy suratlarga tuşib, qabul qilyapti.
Kobulda Yevropa Ittifoqining kiçik ofisi va Yaponiya vakolatxonasidan boşqa barça Ğarb elçixonalari yopiqligiça qolmoqda. Hozirda Qatarda joylaşgan diplomatlar vaziyatga qandaydir ta’sir ötkazişni xohlasa, Kobulga köçib ötişi kerakligi yoki yöqligi borasida bahslar davom etmoqda.
Dunyoning heç bir poytaxtida uşbu 40 yillik bu uruşning yana bir qonli sahifasini oçişga xohiş yöq.
Ular örtasidagi kelişmovçiliklarga qaramay «Tolibon» yetakçilari uçun asosiy maqsad hamma narsadan ustun bölgan birlik bölib qolmoqda.
Tez va oson yeçimlar yöq.
«Men butun ruhim bilan aytişim mumkin bölgan yagona narsa şuki, biz haqiqatan ham azob çekmoqdamiz», deydi kosmetolog Sakina.
«Bu yerda yaşamaydiganlar buni tuşunmasligi mumkin, ammo bizning dardimiz juda oğir», deya qöşimça qiladi u.