Markaziy bank va «HUMO» milliy banklararo protsessing markazi, «Xalk banki» AT, «Hamkorbank» ATB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB IT departamentlari rahbarlari, Ruiju Technology distribyutori va RIM-NIHOL, UIB inc kompaniyalari mutaxassislari Xitoyning Inspur kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad Xitoyning raqamlashtirish va innovatsiyalar tajribasi, RISK Power10 protsessorlari, gibrid va so‘nggi avlod AllFlash ma’lumotlarni saqlash tizimlari, SAN tarmoqlarini qurish uchun tarmoq uskunalari, axborot xavfsizligi yechimlari asosida server uskunalarini ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.
Inspur – Xitoyning axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi kompaniyasi bo‘lib, bosh-qarorgohi Jinan shahrida joylashgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati kompyuter serverlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqarish, MQM yaratish, bulutli hisoblash texnologiyalari infratuzilmasini joriy etishdan iborat.

Bugungi kunda Inspur tom ma’noda Power protsessorlariga asoslangan RISC -tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Ularning serverlar liniyasi, masalan, IBM bilan raqobatlashadi. Ushbu taniqli vendor o‘z serverlarini aynan Inspur zavodida ishlab chiqaradi.
«Inspur bilan hamkorlik qilish uchun yuqori texnik malakaga ega bo‘lish zarur, - deydi IEI O‘zR vakolatxonasi rahbari, RUIJU Technology rasmiy distribyutori vakili Jaxongir Baxodirov. – Hamkor sifatida RIM-NIHOL kompaniyasi tanlandi, uning mutaxassislari Inspur dasturi bo‘yicha o‘qitildi va MST, serverlarni o‘rnatish, ishga tushirish va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun sertifikatlar oldi».

O‘zbekistonda bugungi kunda Inspur yagona hamkorlari rasmiy vakolatli biznes-servis hamkorlari distribyutor Ruiju Technology va RIM-NIHOL Power10, X86 server liniyalari, kommutatorlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlarini sotish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi. Ushbu hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Inspur RIM-NIHOL negizida O‘zbekiston banklari mutaxassislari uchun Power10 protsessorlari asosida uskunalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi bir nechta ko‘rgazma markazlariga, Inspur suyuq sovitkichli ma’lumotlar markazining ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish bazasiga tashrif buyurishdi. Bu mintaqadagi eng yirik ma’lumotlar markazi bo‘lib, yangi avlod serverlari bilan to‘ldirilgan 1800 ta shkafga ega.


















