Belarusda «Vagner guruhi» yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Belarus Adliya vazirligining yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat registriga ko‘ra, «Vagner guruhi» MChJ «ta’lim faoliyati» bilan shug‘ullanadi. Biroq uning manzili Belarusdagi «Vagner» XHK yollanma askarlari joylashgan yer bilan bir xildir.

Foto: Reuters
Belarusda «ta’lim» faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Vagner guruhi» mas’uliyati cheklangan jamiyati paydo bo‘ldi, deb yozadi Rossiya axborot agentliklari 16 avgust, chorshanba kuni. Kompaniya haqidagi ma’lumotlar Belarus Adliya vazirligining yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yagona davlat registriga kiritilgan.
Registrga ko‘ra, ushbu MChJ Osipovichi tuman ijroiya qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 3 avgustda Tsel qishlog‘ida ro‘yxatga olingan. Ushbu qishloq yaqinida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining lageri joylashgan bo‘lib, u yerga Rossiyadagi muvaffaqiyatsiz isyondan keyin yollanma askarlar ko‘chirilgan.
«Konkord Menedjment i Konsalting» kompaniyasi ilgari xuddi shu manzilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning asoschisi xuddi shu nomdagi Rossiya MChJ hisoblanadi, uning rahbari esa - «Vagner» XHK asoschisi va tadbirkor Yevgeniy Prigojin. Ushbu kompaniya, xabar qilinganidek, «ko‘chmas mulkni boshqarish» bilan shug‘ullanadi.
«Vagner guruhi»ning asosiy faoliyati ta’limga aloqador ekani aytilgan
«Vagner guruhi» faoliyatining asosiy va yagona turi «Boshqa guruhlarga kiritilmagan ta’limning boshqa turlari» deb e’lon qilingan. Bu yo‘nalish, Belarus qonunchiligiga muvofiq, ta’lim darajalari bo‘yicha tasniflanishi mumkin bo‘lmagan ta’limni, shuningdek, o‘qitish kurslari, malaka oshirish kurslari, chet tilini o‘qitish, kompyuter kurslari, suvda qutqarish va omon qolish kurslari, notiqlik bo‘yicha o‘quv markazlarida kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
MChJning ustav kapitali, Belarusning «Zerkalo» nashriga ko‘ra, 200 Belarus rublini (taxminan 70 yevro) tashkil etadi. Kompaniyaning egasi Rossiya fuqarosi Maksim Petrov, deb yozadi gazeta.
«Vagnerchilar»ning Belarusga ko‘chirilishi
23-24 iyun kunlari «Vagner» XHK isyonidan so‘ng, kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Belarusga «ketishi» e’lon qilindi. XHK yollanma askarlariga uyga qaytish, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki Prigojinga ergashish taklif qilindi.
Iyul oyi o‘rtalarida Belarus Mudofaa vazirligi «Vagner» XHK yollanma askarlari mamlakatga kelganini ma’lum qilgan. Idora Belarusning «VoyenTV» telekompaniyasi materialini e’lon qildi, unda «vagnerchilar» instruktor sifatida ishlaydigan Mogilev viloyatidagi «mashg‘ulot joylari» haqida hikoya qilinadi.
Keyinroq Mudofaa vazirligi Polsha bilan chegara yaqinida «Vagner» XHK ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar berdi. Marks chaqiruv belgisiga ega bo‘lgan XHKning «qo‘mondonlar kengashi» a’zosi Belarusga jami 10 000 ga yaqin yollanma askar kelishini aytdi. «Belorusskiy Gayun» monitoring guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida «Vagner» XHKning 4000-4500 nafar jangchisi bo‘lishi mumkin.
XHK kuchlarining harakati tufayli Polsha, Litva va Latviya Belarus bilan chegaralarini himoya qilishni kuchaytirmoqda, chegara o‘tish joylarining bir qismini yopmoqda va u yerda harbiylar ishtirokini oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:10
-
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
-
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi
Jamiyat | 19:00
-
Deportatsiya qilinganlarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

10:14 / 01.05.2025
Belarusda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zenkovich ozod etildi

10:00 / 30.04.2025
Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi

23:52 / 09.04.2025