Myunxen: Uzbekistan Airways bilan yangi yo‘nalishni kashf eting
29 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Bavariya o‘lkasining eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan shahri – Myunxenga parvozlarni amalga oshiradi! Parvozlar haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari bajariladi.
Myunxen o‘zining go‘zal arxitekturasi, gastronomiyasi va, albatta, Oktoberfest festivali bilan butun dunyoga mashhur Bavariyaning poytaxti. Bu yerda mahobatli Alp tog‘lari va go‘zal ko‘llar bilan o‘ralgan o‘rta asr shaharlarining muhiti hukm suradi.
29 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Nemis megapolisiga HY235/236 reyslari haftaning chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:
• Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:25 da
• Myunxenga yetib kelish soat 9:20 da
• Myunxendan jo‘nab ketish soat 10:45 da
• Toshkentga yetib kelish soat 21:05 da
Toshkentdan Myunxenga aviachiptalarni 3 371 000 so‘mdan, Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 6 239 000 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin!
15 avgustdan boshlab aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti, mobil ilovasi, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales va aviakompaniya agentlari orqali xarid qilish mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
22:49 / 05.11.2024
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
21:13 / 20.10.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
23:04 / 02.10.2024