Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangarondagi texnopark ishtirokchilari subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ohangaron Tech Industrial texnoparki ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq quyidagilarning respublika budjetidan qoplanishini nazarda tutuvchi Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan:
mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori (biroq 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan qismi);
ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarning 20 foizgacha miqdori.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ohangaron Tech Industrial texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
texnopark ishtirokchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarini qoplash tartibi;
texnopark ishtirokchilarining loyihalash, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarini bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

07:39 / 01.05.2025