Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, tekstil va farmatsevtika sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Isroil savdo-sanoat palatalarining hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, tekstil, farmatsevtika sohalarida investitsiyaviy loyihalarini ishlab chiqish va o‘zbek milliy mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Isroil Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida 2013 yilda hamkorlik memorandumi imzolangan.














